Kanal manzili:
Toifalar:
Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar:
145.68K
Kanalning ta’rifi
Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida
• Yoshlar ishlari agentligi direktori
• Oliy Majlis Senati a’zosi
• O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev
Ratings & Reviews
Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.
5 stars
0
4 stars
0
3 stars
2
2 stars
1
1 stars
0
Oxirgi xabar
2023-02-04 16:09:50
Har seshanba "Chess.com"da o‘tkaziladigan "
Titled Tuesday" haftalik turnirining bu galgi sonida hamyurtimiz
Humoyun Begmuratov 3-o‘rinni band etdi.
Dunyoning
576 nafar shaxmatchilari o‘rtasida o‘tgan onlayn turnirda 12 yoshli hamyurtimiz
AQShlik tajribali shaxmatchilar
Hikaru Nakamura va
Fabiano Karuanadan keyingi o‘rinni egalladi.
Sen bilan faxrlanamiz, Humoyun!
@alisher_sadullaev
27.3K views13:09
2023-02-03 15:54:00
Prezidentimiz Namangan viloyatiga tashrifi doirasida Davlatoboddagi kutubxonada viloyat yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Eng quvonarli jihati, bugun davlatimiz rahbariga "Ibrat farzandlari" loyihasini taqdimot qilib berdik.
@alisher_sadullaev
36.6K viewsedited 12:54
2023-02-03 15:29:23
Prezidentimiz bugun Davlatobod tumanidagi “Fazman tekstil” korxonasining faoliyati bilan hamda Namangan shahridagi “Barkamol avlod” kichik sanoat va tadbirkorlik zonasidagi ish jarayoni bilan tanishdi. Shuningdek, tadbirkorlar bilan ochiq muloqot ham oʻtkazildi.
@alisher_sadullaev
27.7K views12:29
2023-02-03 08:58:15
Davlatimiz rahbari Farg'ona viloyatiga tashriflari davomida Quvasoy shahridagi “Art soft ceramics” korxonasiga tashrif buyurdi.
Shuningdek, Farg'ona shahridagi “Meridian” tibbiyot markazida aholi uchun yaratilgan tibbiy xizmatlar darajasi bilan yaqindan tanishdi.
Yurtboshimiz Marg'ilon shahridagi "Oltin ipak karvonsaroyi" turistik markazida bo'lib, usta hunarmandlarga mazkur sohani rivojlantirishayotganligi uchun o'zining minnatdorchiligini bildirib o'tdi.
@alisher_sadullaev
37.4K views05:58
2023-02-02 12:45:15
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Farg‘ona viloyatida bo‘lib turibdi
Davlatimiz rahbari 2022-yil may oyida viloyatga tashrifi chog‘ida “Global textile infinity” klasterining ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishgan edi. O‘shandagi ko‘rsatmalar asosida loyiha jadallashtirilib, dekabrda ishga tushirildi.
Bu galgi tashrifda Qo‘shtepa tumanidagi mazkur to‘qimachilik korxonasi ko‘zdan kechirildi.
Bu yerda paxta yetishtirish va uni qayta ishlashning to‘liq jarayoni yo‘lga qo‘yilgan. 132 million yevro evaziga katta fabrika tashkil etilib, Shvetsariyaning “Rieter machine works” uskunalari o‘rnatilgan.
Prezident tayyor mahsulotlar turini ko‘paytirish, taniqli brendlar bilan hamkorlik o‘rnatish zarurligini ta’kidladi.
@alisher_sadullaev
46.5K views09:45
2023-02-02 12:24:32
Onlayn olimpiadada qatnashing!
Bilimlaringizni ishga soling va @kitobxontestbot’da test ishlab, qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiriting!
Noutbuk,
planshet va
bestseller kitoblardan biri aynan sizniki bo‘lishi mumkin.
Asosiysi, bilimlaringizni takrorlab, yangi ma’lumotlarni o‘rganishdan to‘xtab qolmang! Kitoblar o‘qing va albatta, olimpiadada
ishtirok eting @kitobxontestbot
@alisher_sadullaev
66.0K views09:24
2023-02-01 19:01:02
«IBRAT Farzandlari» loyihasining hududlardagi
ilk marafoni
Chet tillariga qiziquvchi Namanganlik yoshlarni
2-fevral kuni soat
15:30da Namangan davlat universiteti
faollar zalida kutib qolamiz.
Marafonda sizni
xalqaro toifaga ega o‘qituvchilardan
ajoyib master-klasslar kutmoqda. (ingliz, turk, koreys, nemis, yapon tillarida)
Marafon uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting
@alisher_sadullaev
26.3K viewsedited 16:01
2023-02-01 15:06:35
Joriy yildan maktab bitiruvchilariga beriladigan shahodatnomalar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
Hukumat qarori bilan Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra:
Shahodatnoma
o‘zbek va
ingliz tillarida shakllantiriladi.
Buyurtma berish va shahodatnomani shakllantirish
“Elektron shahodatnoma” axborot tizimi
orqali amalga oshiriladi.
Bunda har yili
1-dekabrgacha bitiruvchi haqida tegishli ma’lumotlar platformaga kiritilib, buyurtma shakllantiriladi.
Shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili
20-iyunga qadar beriladi.
Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish orqali
bepul yuklab oladi.
Qarorga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yili yakunidan
“Elektron shahodatnoma” axborot tizimiga bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlar kiritib boriladi.
@alisher_sadullaev
66.4K views12:06
2023-02-01 11:28:26
Kuni kecha Chess.com da dunyo miqyosida 576 nafar kuchli shaxmatchilar o’rtasida
”Titled Tuesday” onlayn turniri bo’lib o’tdi. Quvonarlisi, mazkur onlayn turnirda hamyurtimiz
Humoyun Begmuratov 3-o’rinni olgani bo’ldi.
Dunyoning kuchli shaxmatchilari ichida eng kuchlilaridan biri bo’lish muborak bo’lsin, Humoyun!
@alisher_sadullaev
47.4K views08:28
2023-01-31 15:17:26
O‘zbekiston – 2022 yilning eng yaxshi shaxmat mamlakati deb topildi
O‘zbekistonlik shaxmatchilarning so‘nggi bir yil davomida
xalqaro arenalardagi sensatsion g‘alabalari ortidan O‘zbekiston — yilning eng yaxshi shaxmat mamlakati deb e’tirof etildi.
Niderlandiyadagi xalqaro turnir yakunida
Nodirbek Abdusattorov va
Javohir Sindorov yilning eng yaxshi shaxmat mamlakatiga topshiriladiga
n “Tour D'or” — “Oltin minora” sovrinini qabul qilib olishdi. O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga Yevropaning shaxmat sovrinini
fransiyalik mashhur grossmeyster Bashar Kuatli topshirdi.
@alisher_sadullaev
79.4K views12:17