Get Mystery Box with random crypto!

Quvonchli xabar Bugun Rost24 axborot portali tomonidan o‘tkaz | Alisher Sadullaev

Quvonchli xabar

Bugun Rost24 axborot portali tomonidan o‘tkaziladigan "Yil tanlovi-2022"ning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi, Yoshlar ishlari agentligi "Eng namunali davlat tashkiloti" nominatsiyasida, Wikistipendiya loyihasi esa "Yilning eng yaxshi loyihasi" nominatsiyasida g‘olib deb topilibdi.

Shuningdek, supergrossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov "Yil odami" sifatida e’tirof etilibdi.

Loyiha tashkilotchilariga jamoamiz nomidan samimiy minnaddorchilik bildiramiz! Bu ishonch va e’tirofni oqlashga harakat qilamiz.

@alisher_sadullaev