Get Mystery Box with random crypto!

Joriy yildan maktab bitiruvchilariga beriladigan shahodatnomal | Alisher Sadullaev

Joriy yildan maktab bitiruvchilariga beriladigan shahodatnomalar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi

Hukumat qarori bilan Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra:

Shahodatnoma o‘zbek va ingliz tillarida shakllantiriladi.
Buyurtma berish va shahodatnomani shakllantirish “Elektron shahodatnoma” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Bunda har yili 1-dekabrgacha bitiruvchi haqida tegishli ma’lumotlar platformaga kiritilib, buyurtma shakllantiriladi.
Shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20-iyunga qadar beriladi.
Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab oladi.

Qarorga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yili yakunidan “Elektron shahodatnoma” axborot tizimiga bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlar kiritib boriladi.

@alisher_sadullaev