Get Mystery Box with random crypto!

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Farg‘ona viloyatida bo‘lib | Alisher Sadullaev

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Farg‘ona viloyatida bo‘lib turibdi

Davlatimiz rahbari 2022-yil may oyida viloyatga tashrifi chog‘ida “Global textile infinity” klasterining ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishgan edi. O‘shandagi ko‘rsatmalar asosida loyiha jadallashtirilib, dekabrda ishga tushirildi.

Bu galgi tashrifda Qo‘shtepa tumanidagi mazkur to‘qimachilik korxonasi ko‘zdan kechirildi.

Bu yerda paxta yetishtirish va uni qayta ishlashning to‘liq jarayoni yo‘lga qo‘yilgan. 132 million yevro evaziga katta fabrika tashkil etilib, Shvetsariyaning “Rieter machine works” uskunalari o‘rnatilgan.

Prezident tayyor mahsulotlar turini ko‘paytirish, taniqli brendlar bilan hamkorlik o‘rnatish zarurligini ta’kidladi.

@alisher_sadullaev