Get Mystery Box with random crypto!

Alisher Sadullaev

Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev A
Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev
Kanal manzili: @alisher_sadullaev
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 175.84K
Kanalning ta’rifi

Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida
• Yoshlar ishlari agentligi direktori
• Oliy Majlis Senati a’zosi
• O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-04-17 11:22:05 Yangi bir tajribani yo'lga qo'ymoqchimiz. Obunachailarimiz ichida qaysi OTM talabalari ko'proq bo'lishsa va qiziqarli taklif hamda tashabbuslar bildirishsa, avvalo o'sha OTMga jamoamiz bilan boramiz. Talabalar uchun yaxshigina rejalarimiz bor)

Izohlarda javobingizni kutamiz

@alisher_sadullaev
157.1K views08:22
Ochish/sharhlash
2024-04-16 17:55:03
Umid…

Tushunmaysiz.. Otasiz va yo‘qchilikda  katta bo‘lish hissini, toki shunday hayotda yashab ko‘rmaguningizcha, tushunmaysiz. 

“IBRAT farzandlari” shu kabi oilalarga biroz bo‘lsa-da yordam bera olsa demak, loyiha oldiga qo‘ygan ulkan maqsadlaridan biriga erishgan deyishimiz mumkin.

Ilovani yuklab oling:

Play Market | App Store

@alisher_sadullaev
245.7K viewsedited  14:55
Ochish/sharhlash
2024-04-16 11:40:52 Qadrli yoshlar, endi kitob o'qib sovg'asiga elektromobil yutib olishingiz mumkin!

Obunachilarimiz ichida kitobxonlar bormi?
197.7K views08:40
Ochish/sharhlash
2024-04-15 20:09:16
“Toshkent – MDH yoshlar poytaxti”

Bugun poytaxtimizda bo’lib o’tgan forumning 1-kun tafsilotlari

@alisher_sadullaev
183.4K views17:09
Ochish/sharhlash
2024-04-12 13:20:44 O'zbek, bir millatning farzandi bo'lib "qaysi buyuk g'oya uchun yashayapsan?" deb so'rasalar.

Javobim: Buyuk O'zbekistonning bir farzandi dunyoga kelsin;

1. Vatanini sevsin (ota-ona, oila, yurt va yaqinlari, atrofdagilarga sadoqatli bo'lsin)

2. Bir hunar va kasbning ustasi bo'lsin
(kitob o'qisin, sohaning eng zo'ri bo'lsin kim bo'lsa ham, o'qituvchimi, shifokormi xoh dasturchi xoh g'isht teruvchi)

3. Chet tillarini yaxshi bilsin, tanqidiy fikrlashni o'rgansin, bir ish qilsa mushohada va tahlil bilan amalga oshirsinlar. Aql bilan ish yuritsin, farosatiga dunyo tan bersin.

Bizning maqsadimiz — salohiyatli, o'z avlodiga munosib mulk va nufuz qoldiradiganlardan bo'lish.

@alisher_sadullaev
176.7K viewsedited  10:20
Ochish/sharhlash
2024-04-09 10:25:22
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan yig‘ilishda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Davlatimiz rahbari fursatdan foydalanib, yaqinlashib kelayotgan tinchlik, shukronalik, mehr-oqibat va saxovat ramzi bo‘lgan ulug‘ ayyom – Ramazon hayiti bilan yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni tabrikladilar.

@alisher_sadullaev
207.8K views07:25
Ochish/sharhlash
2024-04-08 20:26:29
Bir daqiqa vaqtlaring ham behuda o’tmasin, men har doim aytaman sizlar O’zbekiston kelajagisizlar, farzandlarim!

Jizzaxda amalga oshmagan armonlarim bor, Jizzax yoshlaridan umidim katta—Shavkat Mirziyoyev.

@alisher_sadullaev
40.5K viewsedited  17:26
Ochish/sharhlash
2024-04-04 17:29:39
Bugun "mutolaa" jamoasi bilan yaqin kelajakdagi rejalarni muhokama qildik. Tez orada e'lon qilinishi kutilayotgan loyihaning o'ziga xos taqdimoti, bolalar uchun yangi adabiyotlar va yosh ijodkorlarning tashabbuslari bilan tanishdim.

Aytgancha, mutolaa loyihasida Siz ayni damda qaysi kitobni o'qiyapsiz/tinglayapsiz?

@mutolaaxona
210.6K viewsedited  14:29
Ochish/sharhlash
2024-04-03 21:15:59 Bilimli, intellektual salohiyatli yoshlarni kashf etish va ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida “Mavzu” onlayn olimpiadasiga start bergandik.

Bugun olimpiada haqida tez-tez berilayotgan bir qancha savollarga javob beramiz.

1. Olimpiada nima uchun Telegram orqali o’tkazilmoqda?

Sababi, Telegram ko’pchilik uchun qulay hamda bu platformani ishlatish katta internet tezligi talab qilmaydi.

2. Qolgan fanlar bo’yicha ham olimpiada o’tkaziladimi?

Albatta, tez orada olimpiadaga boshqa fanlar ham qo’shiladi. Qaysi fanlar bo’yicha o’tkazilsa sizlarga qiziqroq? Izohlarda yozib qoldiring!

3. Maksimal ball 40 ball bo’lsa, nega bundan yuqori ball berilgan holatlar kuzatilmoqda?

Bir vaqtning o’zida juda ko’p ishtirokchilar test ishlagani uchun shu kabi holatlar kuzatilgan. Texnik xodimlar tomonidan holat o’rganilib, nosozliklar bartaraf etildi.

4. Olimpiada savollari internetdan olinganmi, javoblar internetda bormi?

Olimpiada uchun maxsus savollar bazasi ishlab chiqilgan bo’lib, murojaatlardan so’ng tashkiliy jamoa savollarni qayta nazoratdan o’tkazdi. Savollar ekspertlar ishtirokida aynan mana shu olimpiada uchun tuzilgan.

Yana qanday savollaringiz bor? Yozib qoldiring

Barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz!

@alisher_sadullaev
134.1K viewsedited  18:15
Ochish/sharhlash
2024-04-02 07:50:20 Bilimli yoshlar endi bir oyda 1 mln so‘m qo‘lga kiritishlari mumkin!

Yoshlar ishlari agentligi va “Mening yurtim” telekanali hamkorligidagi “Mavzu” onlayn olimpiadasini taqdim etadi. Endilikda fanlar kesimida – matematika, fizika, kimyo, biologiya, tarix, ona tili va adabiyot fanlaridan @mavzubot Telegram botida onlayn olimpiadada ishtirok etish mumkin.

Olimpiadaning birinchi mavsumi 2-apreldan 30-aprelga qadar o‘tkaziladi. Bunda ishtirok etishni istagan barcha @mavzubot orqali ro‘yxatdan o‘tadilar va o‘zlariga mos fanni tanlaydilar. Bitta ishtirokchi bir mavsumda faqatgina bitta fanni tanlashi va shunda ishtirok etib, g‘olib bo‘lishi mumkin.

Har bir mavsum 4 ta turdan iborat bo‘lib, har dushanba kuni soat 00:00 da yangi tur savollari @mavzubot Telegram botida avtomatik e’lon qilinadi va bu shu haftaning yakshanba kuni soat 23:59 gacha faol bo‘ladi. Ya’ni hafta davomida ishtirokchilar o‘zlariga qulay paytda test ishlash imkoni bor.

Har bir ishtirokchi bitta fanni tanlagach bir oy davomida (4 ta turda) aynan shu fandan taqdim etilgan testlarni ishlaydilar va ball yig‘ib boradilar, oy oxirida natijasi eng yuqori bo‘lgan ishtirokchilar, ya’ni har bir fandan 5 tagacha g‘oliblar aniqlanadi va ularning har biriga 1 mln so‘mdan mukofot beriladi.

Barcha yoshlarga omad tilaymiz. Olimpiadaning 1-turida hoziroq @mavzubot orqali ro‘yxatdan o‘tib, ishtirok etishni boshlang!

@alisher_sadullaev
515.2K viewsedited  04:50
Ochish/sharhlash