Get Mystery Box with random crypto!

Alisher Sadullaev

Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev A
Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev
Kanal manzili: @alisher_sadullaev
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 152.54K
Kanalning ta’rifi

Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida
• Yoshlar ishlari agentligi direktori
• Oliy Majlis Senati a’zosi
• O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-03-26 21:14:17
Sizlar bilan ajoyib yangilikni bo'lishmoqchiman. "Mutolaa" ilovasi yuklab olishlar bo'yicha Google Playning O'zbekiston ta'lim chartida 3-o'ringa chiqib oldi. Maqsadimiz — shu yilning o'zida 1 million kitobxonga bepul audio va elektron kitoblarni taqdim qilish. Oldimizda kitobxonlikni rivojlantirish uchun katta marralar bor, birgalikda kitobxon millatga aylanish nasib qilsin.

Mutolaa qilish uchun ilovani yuklab oling:

Play Market | App Store

@alisher_sadullaev
417.4K viewsedited  18:14
Ochish/sharhlash
2024-03-26 18:06:19
Gooooollllll

JCh 2026 saralash bosqichida milliy terma jamoamiz a’zosi Eldor Shomurodov 20 daqiqada Hong Kong darvozasiga ilk golni kiritdi

Oʻzbekiston 1:0 Hong Kong

@alisher_sadullaev
190.1K viewsedited  15:06
Ochish/sharhlash
2024-03-25 15:15:31
Davlatimiz rahbari Namangan viloyatiga tashrifi davomida "Qumtepa" yoshlar kichik sanoat zonasida ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi

Sanoat zonasida birinchi bosqichda 52 ta loyiha amalga oshirilib, 1 ming 500 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan.

Prezidentimiz mutasaddilarga sanoat zonasi maydonidan samarali foydalanish, yoshlarni va ishsiz fuqarolarni hunarga jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Sayxunobod tajribasi asosida 14 ta tumandagi 788 ta mahallaga iqtisodiy idoralarning rahbar va masʼul xodimlari biriktirilgan. Ular “mahalla yettiligi” bilan birga 557 ming xonadondagi imkoniyatlarni o‘rgangan.

@alisher_sadullaev
185.6K views12:15
Ochish/sharhlash
2024-03-21 12:24:28
Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorovning yutuqlarini e’tirof etib, Vatanimizga jahon shaxmat tojini olib kelishiga umid bildirdi.

@alisher_sadullaev
362.4K views09:24
Ochish/sharhlash
2024-03-19 18:50:36
Davlatimiz rahbari Navro‘z shukuhi kezib yurgan Dilbuloq mahallasida bo‘ldi.

@alisher_sadullaev
192.3K views15:50
Ochish/sharhlash
2024-03-19 15:57:08
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi sanoat va ijtimoiy soha obyektlariga tashrif buyurib, mahalladagi obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Shuningdek, Sergeli tumanidagi qariyb 76 gektar maydonda barpo etilayotgan “Yoshlar bog’i”da jamoatchilik vakillari bilan birga bahorgi daraxt ekish tadbirida ishtirok etdi.

@alisher_sadullaev
206.1K views12:57
Ochish/sharhlash
2024-03-18 08:15:14
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi xorijiy til sertifikati mavjud bo‘lgan yoshlarimizga yuqori daromad taklif etmoqda.

Hozirda ko'plab yirik IT kompaniyalarda 10 mingdan ortiq chet tillarini mukammal biladigan yoshlarga talab mavjud. Shu sababdan xorijiy til sertifikati mavjud bo‘lgan yoshlarimiz ushbu loyihada ishtirok etish mumkin!

Quyidagi so‘rovnomani to‘ldirib, o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni qoldiring. Siz bilan bog‘lanib, IT kompaniyalarga ishga joylashishingizga yordam beriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://forms.gle/qtLZuwGfKidecRJE6

@alisher_sadullaev
313.0K views05:15
Ochish/sharhlash
2024-03-16 14:48:02
"Mutolaa" loyihasi tomonidan Erkin Vohidov qalamiga mansub “Arslon o‘rgatuvchi” she’ri O’lmas Temur (Abdurahmonov) tomonidan ijro etildi. Marhamat, tinglab ko'ring.

“Mutolaa” loyihasini eng faol targ’ib qilgan, izohlarda kitobxon do'stlarini belgilagan 10 nafar faol yoshlarimizga kitoblar to’plamini sovg’a qilamiz.

Izoh yozish va targ'ibot qilish uchun:




"Mutolaa" ilovasini yuklab olish uchun :

Play Market:
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.mutolaa.commercial.mutolaa

App Store:
https://apps.apple.com/uz/app/mutolaa/id6475738561

@alisher_sadullaev
392.3K viewsedited  11:48
Ochish/sharhlash
2024-03-14 14:53:53
Farzandingiz yoki do'stlaringiz professional shaxmatni bepul o'rganishini xohlaysizmi?

Izoh yozish va shaxmat darslarini boshlash uchun:




Shaxmat ixlosmandlari uchun uzoq kutilgan yangilik. 5 karra O'zbekiston chempioni, xalqaro shaxmat ustasi Bobur Sattorovdan shaxmat bo'yicha Strategiya darslari boshlandi.

Shaxmatni o'rganayotgan va shaxmatchi tanishlaringizni izohlarda belgilang. 3 nafar eng yaxshi izoh egalariga "Uzchess" tomonidan maxsus professional shaxmat doskalari sovg'a qilinadi!

@alisher_sadullaev
390.5K viewsedited  11:53
Ochish/sharhlash
2024-03-06 22:29:44 G'alabaaaaaaaa!

Nodirbek Abdusattorov Praga-2024 shaxmat festivali g'olibiga aylanib, live reytingda jahonning 4-raqamli shaxmatchisiga aylanib oldi.

E'tiborlisi, so'nggi tur oldidan Nodirbek eng yaqin ta'qibchisi bo'lgan eronlik shaxmatchi Parham Maghsoodlooga qarshi o'yinda matonatli g'alabaga erishdi. Aynan shu sifat unga oldingi turnirlarda biroz yetishmayotgan edi. Vanihoyat u hali yana bir tur, ya'ni oxirgi 9-tur bo'lishiga qaramasdan turnir g'olibiga aylandi. So'nggi turda qanday natija bo'lishidan qat'iy nazar Nodirbek chempionlikni saqlab qolaveradi.

Yana bir muhim yangilik, Nodirbek live reytingda jahonning 4-raqamli shaxmatchiga aylanib oldi. Bu endi jiddiy sakrash, do'stlar. Nodirbek shaxmat olamida O'zbekiston nufuzini oshirishda davom etmoqda.

Barakalla, Nodirbek! Ustozlaringga, ota-onangga katta rahmat. Biz sen bilan faxrlanamiz.

Chempionlik taqdirini hal qilgan o'yinni ushbu havola orqali ko'rishingiz mumkin: https://www.youtube.com/live/S3xws7RqxsM?si=GmtSRcldBftBFOJL

@alisher_sadullaev
376.7K viewsedited  19:29
Ochish/sharhlash