Get Mystery Box with random crypto!

Alisher Qodirov

Telegram kanalining logotibi alisherqodir — Alisher Qodirov A
Telegram kanalining logotibi alisherqodir — Alisher Qodirov
Kanal manzili: @alisherqodir
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.02K
Kanalning ta’rifi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o’rinbosari, “Milliy tiklanish" DP MK raisi
fb.com/IQAlisher
https://instagram.com/alisherqodir.k
http://twitter.com/alisherQodir
Murojaat uchun: @alisherqodirov_bot

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-12-17 17:10:19
Muammolarni hech kim osmondan tushib hal qilib bermaydi, tortishamiz, munozara, muhokama qilamiz va yechimlar topamiz.

Vatan shunday bizniki va biz Vatanniki bo’lamiz.

@alisherQodir
743 viewsedited  14:10
Ochish/sharhlash
2022-12-16 08:19:00 Energetikada ham, ish o’rinlari yaratishda ham yo’lg’onga toqat qolmadi!

Joriy yilda 2 millionga yaqin ish o’rinlari yaratilgan. Bu hamma ish bilan ta’minlandi degani emas, “men ishsizman” deb, natijani yolg’onga chiqarishga shoshilmang.

Prezident fuqarolarni ish bilan ta’minlash uchun eng noan’anaviy yechimlarni ham o’ylab ko’rishga chaqirdi. Qo’lidan keladiganga yer ham beriladi.

Xususiy mehnat agentliklariga kengroq sharoit yaratish kerak degan fikr keldi menga, tahlil qilib taklif beramiz.

Hokimlar faoliyatiga “Ishsizlar bo’lmagan hudud”lar soniga qarab baho berilishi belgilandi.


Energetika sohasida ham islohotlar boshlandi.

30 foizgacha aholiga davlat ko’mak beradi.

Alternativ energetika va daromadi ko’plarning ko’makka muhtojlarga yordami rag’batlantiriladi.

Hokimlarga statistika kerakdir, partiyalarga kerakmas! Natijalar asossiz tasdiqlanmaydi.

Barcha sohalarda ham yetishmayotgan yagona narsa - qadriyatlarga tayangan bozor munosabatlaridir. Buni tezroq anglash va qabul qilishdan boshqa yo’limiz yo’q.

@alisherQodir
799 viewsedited  05:19
Ochish/sharhlash
2022-12-15 11:40:46 Juda muhim masala sababli, barcha ekspertlar bilan kelishgan holda suhbatimizni ertaga, 16 dekabr soat 15:00 ga qoldirdik.

Uzrimizni qabul qiling!

@alisherQodir
1.3K viewsedited  08:40
Ochish/sharhlash
2022-12-15 06:50:22
Bugun partiyada juda qiziqarli suhbat bo’ladi.

O’z qarashlari va qanoatlarida mustahkam bo’lgan, jamoatchilik e’tirof etayotgan hurmatli ekspertlar bilan uzoq vaqtlardan buyon bizni qiynab kelayotgan masalani muhokama qilamiz.

Tavsiya va taklif qilaman.

@alisherQodir
1.3K viewsedited  03:50
Ochish/sharhlash
2022-12-13 11:52:45 Korrupsiya - birinchi navbatda maʼnaviy inqiroz, tarbiyasizlikdir.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi rahbari Akmal Burhonov tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha milliy maʼruza taqdim etildi.

Maʼruzada samarali faoliyat batafsil va asosli koʻrsatib berilganligi e’tirof etildi.

Korrupsiyaga qarshi keng qamrovli kurashni qoʻllab-quvvatlash bilan bir qatorda “halollik vaksinasi”ni bolalar bogʻchasidan boshlab singdirish tizimini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratish taklifi kiritildi.

@alisherQodir
778 views08:52
Ochish/sharhlash
2022-12-13 09:22:52 Tarbiyachi bo’lmasa tarbiya bo’lmaydi…

Oila bogʻchalarining imkoniyatini oshirish boʻyicha qonunga kiritilayotgan oʻzgarishlar, "Milliy tiklanish" partiyasining fraksiya majlisida qizgʻin muhokama qilindi.

3 millionga yaqin bolalarni qamrab olish uchun mazmunli ishlar qilinayapdi, bahslashsak ham qoʻllab-quvvatlaymiz.

Bogʻcha - maktabgacha taʼlim emas, tarbiya maskanidir. Bog’chada bolalar saqlab turilishi emas, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan tizimli tarbiya koʻrishi kerak;

Joy haqida oʻylanayapti, lekin manzilli, bilimli va ishiga ishtiyoqmand tarbiyachilar tayyorlashga eʼtibor yetarli emas.

Tarbiyachilik murakkab, juda masʼuliyatli va qobiliyat talab qiladigan ish.

Bugun 75 ta bog’cha yoshidagi bolaga 1 nafar oliy maʼlumotli tarbiyachi toʻgʻri kelmoqda va uning ham maoshi 2 millionga bormaydi.

@alisherQodir
1.1K views06:22
Ochish/sharhlash
2022-12-11 17:26:13 Zafar ham, zarar ham behikmat bo’lmaydi.

Marokash termasining hujumchisi Xakim Ziyosh 2015 yildan buyon terma jamoadan oladigan barcha daromadlarini muxtojlarga taqsimlab berar ekan.

Aholisining 99 foizi sunniy-musulmonlardan iborat Marokash islom asosiy eʼtiqod bo’lgan 60 ga yaqin davlatlar ichida JCH yarim finaliga chiqqan, Turkiyadan keyingi ikkinchi jamoa boʻldi. Finalga chiqsa bu muvaffaqiyatga erishgan birinchi davlat boʻladi.

Nima bo’lganda ham JCHning to’rtligi odatiylashmoqda, BMTning yettiligi haqida ham o’ylaydigan vaqtlar uzoq emas.

@alisherQodir
931 viewsedited  14:26
Ochish/sharhlash
2022-12-09 21:21:19
Qudratli, yulduzlari ko’p va o’ziga haddidan ortiq ishonib baland sakraganlar yiqilsa, qaytib turmaydi deyishadi…

Afsus, endi jahonda chempionat biroz zerikarli bo’lib qoladi.

@alisherQodir
758 viewsedited  18:21
Ochish/sharhlash
2022-12-09 18:54:05 Bugun Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni.

Ishonchim komil, korrupsiya jazo bilan hal bo’ladigan ish emas! Bu dardni tarbiya bilangina daf qilish mumkin.

“Birovning haqi” degan ko’nikma bog’chadayoq bolalarga singdirilmas ekan korrupsiyaga qarshi kurashayotgan fidoiy insonlarga sabr-toqat va kuch-quvvat tilab, tabriklab yuraveramiz!

@alisherQodir
741 views15:54
Ochish/sharhlash