Get Mystery Box with random crypto!

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Telegram kanalining logotibi antikor_uzb — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi K
Telegram kanalining logotibi antikor_uzb — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Kanal manzili: @antikor_uzb
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8.49K
Kanalning ta’rifi

Расмий саҳифа.
✔️Veb-sayt: http://anticorruption.uz
✔️Facebook: https://www.facebook.com/anticorruptionUzb/
✔️Instagram: https://www.instagram.com/anticorruption.uz
✔️Youtube: https://www.youtube.com/channel/UCFLAcJYyHcpcPhHXnKddfKA

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-09-24 19:30:48
Yaponiyaning korrupsiyaga qarshi kurashuvchi idoralari bilan muhim kelishuvlarga erishildi

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 13-16 sentabr kunlari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi amalga oshirildi.

Tashrif doirasida mazkur mamlakatning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida faoliyat yurituvchi davlat idoralari, xalqaro tashkilotlari va taʼlim muassasalari rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Muloqotlar yakuniga koʻra, Yaponiya bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yangi loyihalar amalga oshirish yuzasidan muhim kelishuvlarga erishildi.

Batafsil

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
458 views16:30
Ochish/sharhlash
2022-09-23 16:23:51
#TACF_UZ
#Live
Репортаж о "II Ташкентском антикоррупционном форуме"

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
486 views13:23
Ochish/sharhlash
2022-09-23 15:57:46
#TACF_UZ
Forumning birinchi muhokamalar sessiyasi “Ochiqlik va oshkoralik korrupsiyaga qarshi kurashning samarali mexanizmi sifatida” mavzusida boʻlib oʻtdi.

Unda Koreya va Ozarbayjon mamlakatlarining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha vakolatli tashkilot va idoralari rahbarlari va vakillari, YXHT, "Mintaqaviy muloqot" nodavlat notijorat tashkiloti mutaxassislari tomonidan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashning samarali mexanizmlarini yaratish, ochiq ma’lumotlardan foydalanish, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash singari yoʻnalishlarda ma’lumotlar taqdim etildi.

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
717 views12:57
Ochish/sharhlash
2022-09-23 11:37:33
#TACF_UZ
#Live
“II Toshkent Aksilkorrupsiya forumi”ning ochilish marosimidan

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
1.3K views08:37
Ochish/sharhlash
2022-09-23 11:21:58
#TACF_UZ
Ashita Mittal,

BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi rahbari:

Korrupsiyaga qarshi kurash BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun 2022-2025-yillarga moʻljallangan dasturi doirasidagi koʻmagining ajralmas qismi hisoblanadi.

Yaqinda O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlarning Global Operatsion tarmog‘iga (GLOBE Network) aylandi.

Biz barchangiz bilan birgalikda shu kabi muhim ishlarni davom ettirishni istaymiz va bugungi muhokamalardan kelib chiqadigan innovatsion g‘oyalar bizni korrupsiyaga barham berishdek maqsadimizga yaqinlashtiradi.

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
1.3K views08:21
Ochish/sharhlash
2022-09-23 08:35:51
#TACF_UZ
Xabar berganimizdek, ayni paytda “II Toshkent Aksilkorrupsiya forumi” boʻlib oʻtmoqda.

Unda AQSH, Koreya, Gonkong, Malayziya, Latviya, Ozarbayjon, davlatlarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idora vakillari, shuningdek, xorijiy ekspertlar, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar, 100 dan ortiq vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Forum oʻz ishini yalpi majlis bilan boshladi, shundan soʻng jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash, korrupsiyaga qarshi kurashishda ta’lim va ma’rifatni kuchaytirish mexanizmlari muhokamalariga bagʻishlangan uchta sessiyada oʻzaro muloqotlar davom ettiriladi.

Forum jarayonlari Agentlikning rasmiy sahifalari orqali yoritib boriladi.

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
1.6K views05:35
Ochish/sharhlash
2022-09-22 20:13:59
"Poraxo‘r qamalganining nima foydasi bor? Jinoyatning oldini olish, o‘g‘irliklarni kamaytirish kerak"- Shavkat Mirziyoyev

Toshkent viloyati faollari bilan navbatdan tashqari sessiyada uchrashgan prezident Shavkat Mirziyoyev korrupsiya muammosi, xususan, davlat mablag‘lari talon-toroj qilinayotganiga to‘xtaldi.

“... Davlat mablag‘larini talon-toroj qilinishi holatlari bor. Sizlar poraxo‘rni ushlab qamaysizlar, lekin u qilar ishni qilib bo‘lib qamalganining nima foydasi bor? Qamalishining oldini olish, o‘g‘irliklarni kamaytirish kerak.

Shunday qilinglarki, har bir so‘m maqsadlik sarflansin. Banklardan ajratilishidan boshlab o‘z o‘rnida ishlatilishiga bo‘lgan har bir jarayonni nazorat qiling
”, – dedi Prezident.

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
2.4K viewsedited  17:13
Ochish/sharhlash
2022-09-21 14:12:06
#TACF_UZ
“II Toshkent Aksilkorrupsiya forumi” – ochiq muloqot, qizg‘in muhokama va o‘zaro tajriba maydoni

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida milliy va xalqaro miqyosda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mazkur forum 2022 yil 23 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Unda AQSH, Koreya, Gonkong, Malayziya, Latviya, Ozarbayjon, davlatlarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idora vakillari, shuningdek, xorijiy ekspertlar, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar, 100 dan ortiq vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Батафсил маълумотни https://tacf.uz/ сайтидан олишингиз мумкин.

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
2.3K viewsedited  11:12
Ochish/sharhlash
2022-09-18 11:35:59 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik daydjesti
(12–16-sentabr kunlari)

O‘rganishlar:

Davlat xaridlari boʻyicha oʻtkazilgan monitoring natijalari boʻyicha davlat organlari va tashkilotlariga 5 ta taqdimnoma hamda qonun buzilish holatlari boʻyicha Bosh prokuraturaga 8 ta hujjatlar huquqiy baho berish uchun yuborilgan.

Ochiq tanlov, seminar va boshqa tadbirlar:

13-sentabr
“Korrupsiyaning oldini olishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki”
mavzusidagi loyihalar taqdimoti oʻtkazildi.

14-sentabr
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Davlat ekologik ekspertizasi markazi Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati boʻyicha bosh mutaxassisi lavozimiga nomzodlarni tanlash boʻyicha ochiq tanlov oʻtkazildi.

14-sentabr
“Oʻzbekistonda korrupsiya xavfi va nohalollikni baholash” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

15-16-sentabr
“Bojxona organlari xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, odob-axloq qoidalari” mavzusida (Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida) sayyor oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi.

Xalqaro hamkorlik doirasida:

13-16 sentabr
Agentlik direktori boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi amalga oshirildi.

15-sentabr
AQSHning Giyohvand moddalarni nazorat qilish va huquqni muhofaza qilish ishlari byurosi Davlat kotibi yordamchisi oʻrinbosari Liza A.Djonson bilan Agentlik rahbariyatining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

15-sentabr
AQSH davlat departamenti (INL)ning Odam savdosiga qarshi kurashish byurosi tomonidan tashkil etilgan “Jinoiy chorrahalar: korrupsiya odam savdosi jinoyatini qanday kengaytiradi?” mavzusidagi onlayn seminarda ishtirok etildi.

16-sentabr
Agentlikning xalqaro hamkorlik tarmogʻi hamda “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti (Sloveniya) vakillari oʻrtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

XXR raisining Oʻzbekistonga davlat tashrifi doirasida Agentlik va Xitoy Xalq Respublikasi Nazorat boʻyicha Milliy Komissiya oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Memorandum loyihasi imzolandi.

Shuningdek, mazkur haftada:

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 44 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan 258 ta xat-hujjatlar kelib tushdi.

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
4.1K viewsedited  08:35
Ochish/sharhlash
2022-09-15 16:34:53
O'zbekiston va Yaponiya o'rtasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro va ikki tomonlama hamkorlik yanada mustahkamlanadi

Shu kunlarda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston delegatsiyasi Yaponiyada bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.Burxanov ishtirokida Yaponiyaning korrupsiyaga qarshi kurashuvchi idoralari bilan o‘zaro tajriba almashish hamda hamkorlikdagi loyihalarni muhokama qilish maqsadida Yaponiyaning Adliya vaziri X.Yasuxiro, Bosh prokurori Yu.Kai, Parlament tashqi ishlar vaziri Yu.Yoshikava, Milliy kadrlar agentligi rahbari Yu.Kavamoto, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi direktori o‘rinbosari K.Nakazava, Milliy politsiya agentligi bosh komissari o‘rinbosari Y.Ogata va boshqa mas’ul idoralar rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Batafsil

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
3.1K views13:34
Ochish/sharhlash