Get Mystery Box with random crypto!

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

Telegram kanalining logotibi buka_tuman_hokimligi — BO'KA TUMANI HOKIMLIGI B
Telegram kanalining logotibi buka_tuman_hokimligi — BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
Kanal manzili: @buka_tuman_hokimligi
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.45K
Kanalning ta’rifi

Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali.
Tuman hayotiga oid rasmiy yangiliklar e'lon qilib boriladi.
Tuman hokimiga murojaat yo'llash uchun: @hokimga_murojaat11

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-01-13 20:12:35
#Кун_тартиби

Ижтимоий тармоқлар бугун катта кучга айланди. Айниқса, халқ ўз фикрини тармоқда ёзаётганда биз раҳбарлар фаол бўлишимиз, ўзимиз жавоб йўллашимиз шарт, деб ўйлайман.

Мен ҳам фаолиятим давомида тармоқлардаги саҳифамда қолдирилаётган изоҳларни ўқиб, имкон топдим дегунча муносабат билдириб боришга ҳаракат қиламан. Бу ҳам халқ билан тўғридан-тўғри мулоқотнинг ўзига хос, ноёб услуби, деб ҳисоблайман.

Айниқса, шу кунларда халқимизнинг ҳар бир фикри ва мурожаатини назардан қочирмаслик ҳамда амалий ёрдам беришни ўзимнинг муқаддас бурчим, деб биламан.

Instagram | Twitter | Facebook | Telegram
781 views17:12
Ochish/sharhlash
2023-01-13 17:51:28
Assalomu alaykum, hurmatli tumandoshlar!!!

Maʼlumki, bugungi kunda havo xarorati keskin pasaygan.

Agarda xonadoningiz uchun arzon narxda ko‘mirga extiyoj bo‘lsa, Jag’albayli mahallasida joylashgan omborda 1 kg ko‘mir narxi 300,3 so‘mdan sotilmoqda.

Marhamat, kimda ko‘mirga zarurat bo’lsa arzon narxda sotib olishingiz mumkin.

Telefon raqamlar:
+998 70 57 35 160 shtab:
+998 94 696 65 38 ombor:
+998 99 097 09 81 Mahalla bo‘limi
889 views14:51
Ochish/sharhlash
2023-01-13 16:20:10
#insongaetibor
#yoshlarishlariagentligi

Yoshlar ishlari agentligi jamoasi joylarda xayrli ishlarni amalga oshirmoqdalar

Yoshlar ishlari agentligi Bo'ka tumani bo'limi boshlig'i O.Djurayev boshchiligida, mahalla yoshlar yetakchilari bilan birgalikda, qishning sovuq pallasida xizmat qilayotgan obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari va ko'chada ketayotgan fuqarolarga issiq qahva hamda shirinliklar tarqatildi.

Albatta, yuksak mehr-oqibat va bag'rikenglik bizga buyuk ajdodlarimizdan meros. Zero, ko'z ilg'amas fidoyilarimizga yordam qo'lini cho'zmoqlik insoniylikning eng oliy fazilatidir.

Issiq kayfiyat ulashish tadbirlari davom ettirilmoqda.

Telegram Instagram
Facebook YouTube
Web-sayt
1.1K viewsedited  13:20
Ochish/sharhlash
2023-01-13 16:04:56
Obodonlashtirish xodimlari uchun ehson dasturxoni tashkil etildi

Havo haroratining keskin pasayib ketishiga qaramay, xizmat vazifalarini vijdonan bajarib, tumanimiz aholisi bu kabi qorli kunlarda bemalol harakatlanishlari uchun qulaylik yaratishda jonbozlik ko‘rsatayotgan tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining mehnati har qanday e'tirofga loyiqdir.

Bugun Bo’ka tumani markazidagi Bahor tantanalar saroyida tozalik posbonlari uchun tushlik tashkil qilinib, osh tarqatildi.

(Foto: “Xalq ovozi” gazetasi)
Telegram Instagram
Facebook YouTube
Web-sayt
1.6K viewsedited  13:04
Ochish/sharhlash
2023-01-13 12:01:26
Diqqat, diqqat!

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Toshkent viloyati boshqarmasi masʼullari tomonidan 13 yanvar soat 18:00 da fuqarolar bilan ovozli chat o‘tkaziladi.

Ushbu ovozli chatda 2023-yil 1 yanvardan Pensiya taʼminotidagi o‘zgarishlar, kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlanishi to‘g‘risida maʼlumotlar hamda o‘zingizni qiziqtirayotgan savollaringizga mutaxassislar tomonidan javoblar beriladi.

Suxbat manzili https://t.me/NURAFSHON_URTA_CHIRCHIQ_TOY_TEPA?livestream
1.6K viewsedited  09:01
Ochish/sharhlash
2023-01-13 09:59:54
O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 16-avgustdagi “Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni bilan mamuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasi 2-4 qismlari, 60 prim 1, 68, 68 prim 1, 69-moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.

Shu munosabat jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘ka tuman sudi raisi Sh.Abduqodirov tomonidan Bo‘ka tumani prokuraturasi hodimi hamda Bo‘ka tumani kadastr hodimlari ishtirokida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Bo’ka tuman hokimligi Axborot xizmati
1.3K viewsedited  06:59
Ochish/sharhlash
2023-01-12 19:10:00
#Onlayn

Ayni vaqtda tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etish va eektr ta’minotini qayta tiklash ishlari amalga oshirilmoqda.

Yaqin daqiqalarda elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

Bo’ka tuman hokimligi Axborot xizmati
2.6K views16:10
Ochish/sharhlash