Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Agar uyingizga noma’lum shaxslar ro‘yxatga turib | Davlat xizmatlari yangiliklari

#Bilasizmi

Agar uyingizga noma’lum shaxslar ro‘yxatga turib olgan bo‘lsa, nima qilishni bilasizmi?

Uyingizda kimlar ro‘yxatda turganini bilish uchun tegishli tashkilotga borish shart emas.

Buning uchun:

My.gov.uz saytiga kirish

"Shaxsiy kabinet"ga o‘tish

"Fuqarolik" bo‘limini tanlash

“Doimiy yashash joyida yashovchilar ro‘yxatini to‘g‘rilatish uchun so‘rov yuborish”
tugmasini bosish kerak.

Agar xonadoningizda notanish shaxslar ro‘yxatga olinganini aniqlasangiz, shu manzilning o‘zidayoq o‘chirishga elektron murojaat yuborishingiz mumkin.

Yaqinlaringiz bilan foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat