Get Mystery Box with random crypto!

#Adliya_xabari Adliya xabar beradi Eski namunadagi haydovch | Davlat xizmatlari yangiliklari

#Adliya_xabari

Adliya xabar beradi

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomani almashtirish uchun onlayn buyurtma berish boʻyicha yuzaga kelayotgan xatoliklar bartaraf etilmoqda

Xabaringiz bor joriy yilning 30-yanvaridan boshlab
eski namunadagi haydovchilik guvohnomanisini uydan turib YIDXP (my.gov.uz) orqali olish imkoniyati yaratildi. Biroq soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ushbu xizmatdan foydalanish jarayonida ayrim fuqarolarning eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar YIDXPda aks etmayotganligi sababli ariza rasmiylashtirib boʻlmayotganligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Mazkur muammo haydovchilik guvohnomasi maʼlumotlariga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) biriktirmaganligi bilan bogʻliq boʻlib, mazkur muammoni bartaraf etish boʻyicha Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi masʼul xodimlari tomonidan texnik-amaliy choralar koʻrilmoqda.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi