Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Franshizing shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtk | Davlat xizmatlari yangiliklari

#Bilasizmi

Franshizing shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish bo‘yicha davlat xizmati haqida bilasizmi?

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan (346-son, 24.06.2022-y.) Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan:

Franshizing shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi.

Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun BHMning uchdan bir qismi miqdorida yigʻim undiriladi.

Quyidagi hollarda yigʻim toʻlanmaydi:

sud hujjati asosida franshizing shartnomasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazishda;
roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha hujjatlar qaytadan koʻrib chiqilganda.

Taqdim qilingan hujjatlar mazkur Ma’muriy reglament talablariga muvofiq bo‘lganda, davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkaziladi.

Reglament talablariga nomuvofiq bo‘lganda franshizing shartnomasini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish rad qilinadi, bu haqida ariza beruvchini xabardor qilanadi.

Roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, ariza beruvchi 3 oyda kamchiliklarni bartaraf qilib yigʻim toʻlamasdan, qayta murojaat qilishi mumkin.

Bu muhim!!!:
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 863-moddasiga muvofiq kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi yozma ravishda tuzilishi kerak va u shartnomaga muvofiq litsenziar sifatida ish koʻradigan yuridik shaxsni yoki yakka tadbirkorni roʻyxatga olgan organ tomonidan roʻyxatga olinishi kerak. Ushbu qoidaga rioya qilmaslik shartnomaning haqiqiy hisoblanmasligiga sabab boʻladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat