Get Mystery Box with random crypto!

#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz Davlat | Davlat xizmatlari yangiliklari

#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Koʻchmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi toʻgʻrisida maʻlumotnoma olish uchun nima qilish kerak?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan “Koʻchmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi toʻgʻrisida maʻlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʻmuriy reglamenti”ga koʻra, ariza beruvchi ma’lumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.

Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.

Vakolatli organ arizani soʻrovnoma tushgan va toʻlov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab uch ish kuni mobaynida koʻrib chiqadi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat