Get Mystery Box with random crypto!

Hamid Sodiq | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi hamid_sodiq — Hamid Sodiq | Rasmiy kanal H
Telegram kanalining logotibi hamid_sodiq — Hamid Sodiq | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @hamid_sodiq
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.59K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Hamid Sodiqning rasmiy telegram sahifasi
https://youtube.com/@hamid_sodiq
✍️ Kanal faoliyati va tarjima ishlariga ko‘maklashishni istaganlar uchun:
8600 5103 8019 2299 Uzcard Sadikov Hamid

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2023-02-05 08:17:29
Klassik diktatorlar orasida ham demokratik rahbarlikka da’vo qiladiganlar yo‘q emasdi. Natsistik Germaniyaning bosh propagandisti Gobbelsga ko‘ra, Gitler rejimi “zamonaviy Yevropaning oliy demokratiyasi” edi. Mussolini esa fashizmni “tashkiliy, markazlashtirilgan va obro‘li demokratiya” deb bilardi.

Stalin Sovet ittifoqi “dunyodagi eng demokratik konstitusiya”ga ega ekanligiga qat’iy da’vo qilardi. Chunki konstitusiya loyihasini muhokama qilish uchun saylovchilarning 80 foizi qatnashgan jami 623 334 ta yig‘ilish tashkil etilgan edi.

Shimoliy Koreya diktatori Kim Ir Sen esa “demokratik” so‘zini davlat nomiga rasman kiritgan edi.

Lekin bu rahbarlar xayolida turli xil guruhlarni tamsil qiluvchi partiyalar va g‘oyalar saylovlarda kurashadigan plyuralist demokratiya emasdi. Ular Gʻarbning “axloqsiz” demokratiyasidan nafratlanar edi. Gitler “barchaning fikrini inobatga oladigan va yakunda hech qaror qabul qila olmaydigan parlamentar demokratiyani” qat’iy qoralardi.

Chili diktatori Augusto Pinochet “klassik liberal davlat laqma va zaif” bo‘lishini da’vo qilgandi.

Portugaliyaning uzoq yillik rahbari Antonio Salazar o‘zini “parlamentarizmga qarshi” deb e’lon qilgan edi.

Ispaniya diktatori General Franko esa ochiqchasiga “Biz saylov va ovoz berish orqali vujudga kelgan davlatchilikka ishonmaymiz” degan edi...

@Hamid_Sodiq
1.5K views05:17
Ochish/sharhlash
2023-02-04 07:15:10 Dominikalik siyosiy konsultant Rafayel Kezpedez Chavesni “muloyimlashtirish” bilan shug‘ullangan edi. “Uning sochlari kalta, harbiylarga xos, yuz tuzilishi esa kaltaklanishdan shikaslangan edi. Chaves hatto qanday jilmayishni ham bilmas edi” deya yodga oladi Kezpedez.

Bir qancha vaqt prezidentlikka nomzod Chaves bilan ishlagandan so‘ng, Kezpedez Chavesni TV dasturga yuboradi. Dastur boshlovchisi bo‘lgan ayol jurnalist sobiq zobitni qattiq tanqid qilib kelayotgan edi. Lekin studiyada qarshisiga kelib o‘tirgan dastur mehmoni (Chaves) ta’riflangandek qo‘rs parashutchi emas, balki qo‘lida buket tutgan jentelmen edi. Chaves buketni boshlovchiga tutqazar ekan jilmayib unga “do‘nita” (yosh xonim) deb murojaat qilgandi. Dastur davomida boshlovchining “tikanli” savollaridan Chaves mohironalik bilan qochishni qoyil qiladi.

Chavesga nima bo‘lgandi? U endi demokratga aylanganmidi? Also yo‘q. Qamoqdan chiqqandan so‘ng u bir do‘stiga: “Agar men Mirafloresga erishsam, bizdan qudratni hech kim tortib ololmaydi. Qonuniy yoki noqonuniy bo‘lsin, muxolifat hech bir yo‘l bilan iqtidorga qaytolmaydi” degan edi. Prezidentlikka erishgach u o‘z so‘zini bajardi. Chaves 2030 yilgacha hukumat rahbarligida qolish haqida gapirardi. 1998 yilgi saylovlar Chaves uchun “taktik imkoniyat” taqdim etgandi. U “deputatlar va gubernatorlar bilan muzokara qilib o‘tirish niyati yo‘q edi”.

Uning o‘rniga, Chaves xalq orasidagi o‘zining yuqori obro‘sidan foydalangan holda Venesuelaning konstitusion tiyib turish tizimini ishdan chiqarishni afzal ko‘rdi. U prezident etib saylanganda 90 foizli ijobiy reytingga ega edi. Bu ko‘rsatkich vaqti kelib pastlashini sezgan Chaves yuqori reytingidan uzoq davom etuvchi institusional ustunliklar, ya’ni hukumatdagi ittifoqdoshlar va media ustidan nazoratni qo‘lga kiritish yo‘lida foydalangan edi. Prezidentlikka saylanganida uch oy o‘tib Chaves referendum orqali maxsus milliy kengash tashkil qildi. 93 foizi Chavesga sodiq vakillardan tashkil topgan bu kengash Kongressni tarqatib yuborib, bir qator konstitusion o‘zgarishlarni amalga oshirgan. Konstitusion o‘zgarishlar prezidentlik muddatini 6 yilga uzaytirgan, amaldagi prezidentning ikkinchi marta o‘z nomzodini qo‘yishiga bo‘lgan taqiqni bekor qilgan va (aksari Chaves tarafdorlari bo‘lgan) saylash huquqini bergan va prezident qudratini tiyib turish bilan shug‘ullangan Senatni butunlay bekor qilgan edi.

Chaves parlamentni o‘z nazoratiga olganidan so‘ng qudratidan Oliy sud vakillarini 20 nafardan 32 nafarga oshirish va yangi o‘rinlarni o‘ziga sodiq bo‘lgan shaxslar bilan to‘ldirish uchun foydalandi. Oliy sudning 2006 yilgi sessiyasi ochilishida sudlar “o‘z rahnamolarining sevimli qo‘shig‘i: O Chaves no se va (“O Chaves ketmaydi”) nomli hayqiriqni xirgoyi qilishgan edi. Chavesning odamlari Venesuelaning eng daromadli shirkati – davlatning neft va tabiiy gaz kompaniyasini o‘z nazoratiga oldilar. Chaves neft va tabiiy gaz kompaniyasining daromadlari yordamida siyosiy rejalashtirilgan homiylik yo‘li bilan kambag‘allikni qisqartirish dasturlarini moliyalashtirar edi. 2006 yilga kelib Milliy saylov qo‘mitasining besh nafar a’zosidan to‘rt nafari, bosh prokuror va nazoratchi lavozimlarining barchasini “Chaveschilar” egallashgan edi. Tanqidchilarni ovozini o‘chirish maqsadida Kongress hukumat mulozimlariga “hurmatsizlik” ko‘rsatganlik uchun qamoq jazosi tayinlanishiga asos bo‘luvchi qonun ishlab chiqiladi. Ayni qonun “jamoat tartibini buzishga chaqiruvchi va targ‘ib qiluvchi yoki milliy xavfsizlikka raxna soluvchi media nashrlar faoliyatiga chek qo‘yilishiga ham imkon yaratgan edi.

"Manipulyativ diktatorlar: 21 asrda Tiraniyaning o'zgaruvchan qiyofasi" kitobidan

@Hamid_Sodiq
3.3K views04:15
Ochish/sharhlash
2023-02-03 17:31:24
SSSRni tiklash targ'iboti hamon davom etmoqda

"Munosabat" ko'rsatuvi

Telegram | Youtube
14.7K views14:31
Ochish/sharhlash
2023-02-03 15:03:57 Hokimiyat boshiga ayol kishi kelsa nima bo'ladi?

Manzil: https://youtube.com/shorts/JDcuQaxmkEs?feature=share

@Hamid_Sodiq
4.2K views12:03
Ochish/sharhlash
2023-02-03 13:05:10
Rossiya-Ukraina urushi adolat bilan tugashini kutyapmiz — Hamid Sodiq

@Hamid_Sodiq
4.1K views10:05
Ochish/sharhlash
2023-02-03 12:05:01
1750$ ga Ramazon oyining dastlabki kunlarida Umra safari qilib kelishga tayyormisiz?

Unda tezda murojaat qiling, joylar soni chegaralangan:

Toshkent: +998955022000
Andijon: +998950801020
Jizzax: +998998121020
Surxondaryo: +998955029000
Samarqand: +998945006200
Namangan: +998906971020
Marg‘ilon: +998931781020
Qashqadaryo: +998955028000
Buxoro: +998918202000
Qo‘qon: +998950511020
Urgut: +998886145555

@salaamtravell

Reklama
4.2K views09:05
Ochish/sharhlash
2023-02-03 09:22:06 Yozgan kitoblaringiz oʻqigan kitoblaringiz sonidan oshib ketmasligi kerak.

Hamid Sodiq

@Hamid_Sodiq
4.9K views06:22
Ochish/sharhlash
2023-02-03 09:11:20 Gazni xalq berishi kerak, hokimiyat emas.

Hamid Sodiq

@Hamid_Sodiq
4.8K views06:11
Ochish/sharhlash
2023-02-03 07:33:23 Nohaq tutqinlikda ushlab turilganidan emas, tutqinlik sharoitining yomonligidan norozi boʻlayotganlar - biroz shoshmanglar gaz ham, tok ham beriladi, kamera ham qoʻyiladi!

Hamid Sodiq

@Hamid_Sodiq
5.2K viewsedited  04:33
Ochish/sharhlash
2023-02-02 12:05:28 Boshlandi |Konstitutsiya jamiyat manfaatini ifodalay oladimi

Ekspertlarimiz: siyosatshunos Hamid Sodiq va Xalqaro huquq boʻyicha mutaxassis Javohir Shukurov

Havola https://youtube.com/live/PXJ5yfUr3FE?feature=share

@Hamid_Sodiq
4.5K views09:05
Ochish/sharhlash