Get Mystery Box with random crypto!

Tarix va Geosiyosat

Telegram kanalining logotibi historygeopolitico — Tarix va Geosiyosat T
Telegram kanalining logotibi historygeopolitico — Tarix va Geosiyosat
Kanal manzili: @historygeopolitico
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 66
Kanalning ta’rifi

"Tarix o'tmishdagi - siyosat, siyosat esa hozirgi tarixdir"
© Edvard Friman

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-01-06 14:52:18
Turkiya yetakchisining ta’sir doirasi oshib bormoqda


@HistoryGeoPolitico
23 views11:52
Ochish/sharhlash
2023-01-05 18:55:21
Путин Шойгуга 6 январь соат 12:00 дан 7 январь 24:00 га қадар Украинадаги томонлар ўртасидаги барча алоқа чизиғи бўйлаб ўт очишни тўхтатиш режимини жорий этишни топширди - Кремль

Биз Украина томонини сулҳ эълон қилишга ва фуқароларга Рождество маросимларида - Кремлда қатнашиш имкониятини беришга чақирамиз.

@HistoryGeoPolitico
33 views15:55
Ochish/sharhlash
2023-01-05 14:55:52​​"Yangi Sovuq urush" yoxud Xitoy strategiyasi

“Amerikaning mintaqadagi kuchini shu darajada tanazzulga uchratish kerakki, zaiflashgan Amerika mintaqadagi Xitoyni oʻz ittifoqchisiga aylantirish zarurligini va vaqt oʻtishi bilan jahonning nufuzli davlatiga aylangan Xitoyga sherik boʻlishini his qilsin. Bu maqsadni Amerika-Yaponiya ittifoqining mudofaa koʻlamini kengaytirishga turtki bermasdan yoki Amerikaning mintaqadagi taʼsirini yaponlarga almashtirishga undamaydigan tarzda amalga oshirish kerak”.

Mohir strateg Sun Szi tomonidan aytilgan ushbu fikrlar bugungi Xitoy strategiyasining mohiyatini aks ettiradi. Bayden va Si Szinpinning G20 sammitidagi bevosita uchrashuvi dunyoning ikki gigant iqtisodi o'rtasida o'zaro yaqinlik yoinki raqobat uchun turtki berishi mumkin. Bu uchrashuvda shubhasiz, jahon iqtisodiy holati, Tayvan muammosi, Ukrainaga Rossiyaning bosqini, Osiyo-Tinch okeanidagi geosiyosiy vaziyat va boshqa dolzarb masalalar muhokama etildi. XXI asr boshlarida ko'p qutbli dunyo tarafdori bo'lgan Xitoyning amaldagi yetakchisi Si Szinpin bugunga kelib ikki qutbli dunyo haqida so'z ochmoqda. Bu shuni anglatadiki, jahon tartibotidagi Katta o'yinda Rossiyaning o'rnini endi Xitoy egallashi va Amerika bilan raqobat qilishga qodir kuch bo'la olishi mumkin. Xitoy tomonidan shunday geosiyosiy strategiyaning ilgari surilishi va amalga oshirilishi toʻgʻridan-toʻgʻri AQShga qaratilgan yurish hisoblanadi. Buni hattoki Amerikaning yuqori rutbali rahbarlari ham bot-bot aytib kelmoqda. Jumladan, Amerika sobiq Davlat kotibi (sobiq MRB direktori) Maykl Pompeoning “Washington Free Beacon” nashriga bergan intervyusida bildirgan fikrlari diqqatga sazovor: “Qoʻshma Shtatlarning xalqaro sahnadagi asosiy raqibi Rossiya yoki Eron emas, balki Xitoydir. Oʻylashimcha, yuqoridagi uchta davlatdan faqat Xitoy oʻrta va uzoq istiqbolda Amerikaga raqobat qila oladigan potensialga ega”. Amerikaliklarning ushbu xavotiri asosli. Zeroki, ayrim raqamlar Xitoy foydasiga o'zgarmoqda. Masalan, MRBning “World Factbook” nashri statistikasi koʻra, Xitoy 2017-yilda eksport qiluvchi mamlakatlar orasida Yevropa Itifoqi va AQShni ortda qoldirib, peshqadamlikni qoʻlga olgan. Jahon banki tomonidan keltirib oʻtilgan maʼlumotlarda esa, 1961-yilda iqtisodiyoti qoloq koʻrsatkich ega boʻlgan Xitoy 2013-yilga kelib eksport boʻyicha birinchi oʻrinni umuman qoʻldan boy bermagan Amerikani  quvib oʻtishga muvaffaq boʻlgan yagona davlat boʻldi. Hozirgi vaqtda ham Xitoy ushbu koʻrsatkich boʻyicha AQShni ortda qoldirmoqda.

Bu ikki gigant "urushi"ni "Yangi Sovuq urush" deya baholash mumkin. Faqat bu poygada XX asrda bo'lgani singari harbiy qudrat omili emas, balki dunyo iqtisodini egallash uchun kurash ustuvorlik kasb etadi. Tahlillar Chin o'lkasi dunyo tartibotida yetakchilik qilish da'volarini tobora kengaytirayotganidan dalolat beradi.

@HistoryGeoPolitico
32 views11:55
Ochish/sharhlash
2023-01-05 14:41:36
#karikatura

Siyosatning asl mohiyati shundaymi?

@HistoryGeoPolitico
26 views11:41
Ochish/sharhlash
2023-01-05 14:39:59 ​​Diktatura yoki demokratiya?
Kaddafi nega oʻldirilgan?!

Quyidagilar hattoki rivojlangan davlatlarni ham hayratga soladi:

Liviyada elektr toʻlovi va elektr energiyasi barcha fuqarolar uchun bepul bo‘lgan;

Kreditlar boʻyicha foiz stavkasi mavjud bo‘lmagan, banklar davlat mulki hisoblangan hamda fuqarolarga beriladigan kreditlar qonun boʻyicha 0% bo‘lgan;

Kaddafiy Liviyada barcha aholi oʻz uyiga ega boʻlmaguncha, oʻz ota-onasiga uy berilmasligiga vaʼda bergan. Kaddafiyning otasi uning boshqaruvi davrida chodirda vafot etgan;

Liviyada barcha yangi turmush qurganlar o‘z kvartirasini sotib olib, oila qurish uchun hukumatdan 60 ming dinor olishgan;

Liviyada taʼlim va davolanish bepul edi. Kaddafiy boshqaruviga qadar aholining atigi 25% yoza olardi, uning rahbarligi davrida esa 83%i savodga ega bo‘lgan;

Agar liviyaliklar fermada yashashni xohlasalar, ular bepul texnika, uy-joy, urug'lik va chorva mollariga ega bo'lishardi;

Agar sizni Liviyada davolay olishmasa, hukumat sizni xorijda davolanishingiz uchun 2300 dollar va qo‘shimcha turar joy bergan;

Agar Liviya fuqarosi mashina sotib olsa, davlat narxning 50% ini moliyalashtirgan;

Benzin narxi litri uchun 0,14 dollarni tashkil qilgan;

Liviyaning tashqi qarzi bo‘lmagan, zaxiralari esa 150 milliard dollarni tashkil qilardi (hozir muzlatilgan).

Baʼzi liviyaliklar maktabdan keyin ishga kira olmasdi, shuning uchun davlat oʻrtacha maoshni kasbi boʻyicha toʻlardi, goʻyoki ular oʻz kasb-hunariga ega boʻlguncha davlat qaramogʻida edilar;

Liviya nefti savdosining bir qismi toʻgʻridan-toʻgʻri barcha fuqarolarning bank hisob raqamlariga bogʻliq bo‘lgan;

Bola dunyoga keltirgan ona uchun 5000 dollar berilgan;

40 ta nonning narxi 0,15 dollar bo‘lgan;

Liviyaliklarning 25% Ilissaning barcha diplomlariga ega bo‘lgan;

Kaddafiy butun choʻl mamlakatini suv bilan taʼminlash uchun "Buyuk inson loyihasi" deb nomlanuvchi dunyodagi eng yirik irrigatsion loyihani amalga oshirishga kirishgan;

Bunday sharoit va imkoniyatlarni baʼzilarini hattoki amerikaliklar ham orzu qilsa kerak. Liviyadek davlat bugun iqtisodiy, ijtimoiy hamda siyosiy tanazzul yoqasida turibdi.

Kaddafiy boshqaruvini diktatura degan tashqi kuchlar va dunyoning inson huquqlari jarchilari bugun Liviyada ovozlari ham chiqmay qolgan. Bunday voqeliklar "Sharq demokratiyasi" degan atama bejiz ishlatilmaganligini isbotlaydi.

Agar bu “diktatura” deb atalsa, qiziq, demokratiya qanday bo‘lar ekan?!

@HistoryGeoPolitico
26 views11:39
Ochish/sharhlash
2023-01-05 14:38:56
1979-yil 25-dekabrdan 1989-yil 15-fevralgacha oraligʻida boʻlib oʻtgan Sovet-Afgʻon urushidan videolavha

Oʻn yillik urushda 330 ming afgʻon halok boʻlgan. Shundan 35 ming 700 nafari ayol, 20 ming 700 nafari yosh bola, qolganlari harbiy xizmatchilar va fuqaro erkaklar tashkil etgan. 77 ming kishi esa yaralangan yoki nogiron boʻlgan.

SSSR armiyasidan 14 ming 427 askar va ofitserlar, KGBning 576 ta xodimi, ichki ishlar Vazirligining 28 xodimi, oʻsha paytda SSSR chegarasida turgan 514 ta chegarachi halok boʻldi. 416 ming kishi esa kasallik orttirib olishdi.

@HistoryGeoPolitico
24 views11:38
Ochish/sharhlash
2023-01-05 14:10:34
Rossiya-Ukraina, Hindiston-Xitoy, Turkiya-Gretsiya, Tayvan va Koreyalar muammosi. 3-Jahon urushining boshlanish senariylari.

@HistoryGeoPolitico
25 views11:10
Ochish/sharhlash
2023-01-05 13:24:48 2023-yilda bo'lib o'tishi kutilayotgan beshta saylov.

1. Nigeriya - 25-fevral;
2. Turkiya - 18-iyun;
3. Pokiston - 12-oktabr;
4. Argentina - 29-oktabr;
5. Bangladesh - dekabr.

@HistoryGeoPolitico
24 views10:24
Ochish/sharhlash
2023-01-05 11:31:20 Amaldorlarni 10 yilga qamalib 3 yilda chiqishi faqat bizda buladi

,,Tuproĝin alishmam hech bir Jahonga
O'zbekiston tengdir, O'zbekistonga"

@HistoryGeoPolitico
25 viewsedited  08:31
Ochish/sharhlash
2023-01-05 11:25:28
Собиқ бош прокурор Рашид Қодиров озодликка чиқарилди

Ўзбекистон собиқ бош прокурори Рашид Қодиров бундан бир неча кун аввал шартли равишда озодликка чиқарилди. Бу маълумотни Kun.uz'нинг ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлардаги бир-биридан мустақил икки манбаси тасдиқлаган. У 2019 йил 26 июн куни 10 йилга озодликдан маҳрум қилинган.

2000-2015 йилларда Ўзбекистоннинг бош прокурори лавозимида фаолият кўрсатиб келган Рашид Қодиров пора беришга далолат қилиш, фирибгарлик, солиқлар ёки бошқа мажбурий тўловларни тўлашдан бўйин товлаш, тергов қилишга ва суд ишларини ҳал этишга аралашиш, жиноий фаолиятдан олинган даромадларни легаллаштириш каби ҳокимият, бошқарув ва жамоат бирлашмалари органларининг фаолият тартибига қарши бир қатор оғир ва ўта оғир жиноятларни содир қилганликда айбли деб топилганди.


@HistoryGeoPolitico
27 views08:25
Ochish/sharhlash