Get Mystery Box with random crypto!

Huquqiy tadqiqot

Telegram kanalining logotibi huquqiytadqiqot — Huquqiy tadqiqot H
Telegram kanalining logotibi huquqiytadqiqot — Huquqiy tadqiqot
Kanal manzili: @huquqiytadqiqot
Toifalar: Siyosat , Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 291
Kanalning ta’rifi

🇺🇿Aдлия вазирлиги ҳузуридаги Ҳуқуқий сиёсат тадқиқот институти телеграм канали
🏛The Telegram channel of the Research Institute of Legal Policy under Ministry of Justice of the Republic of Uzbekistan
🌐 Веб сайт: hsti.uz
📲 Aлоқа: 99871-268-28-95

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2021-12-15 19:55:34
Raqamlashtirish - faoliyat ochiqligi va shaffofligining samarali vositasi

2021-yil 14 dekabr kuni Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tashabbusi bilan “Mintaqaviy muloqot” XNNTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi “HILTON” mehmonxonasining anjumanlar zalida “Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya davomida spikerlar o‘z ma’ruzalarida Adliya vazirligining har bir yo‘nalishlarida, shuningdek, sud-huquq sohasi va davlab boshqaruvini raqamlashtirish ishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan batafsil ma’lumot berishdi.

Tadbirda adliya organlari faoliyatida raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilingan holda bu jarayonni yanada takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqildi.

Batafsil ma'lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin

https://hsti.uz/?p=27465

@huquqiytadqiqot
89 views16:55
Ochish/sharhlash
2021-12-13 12:53:03
#konferensiya
"Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari" mavzusidagi xalqaro konferensiyaga taklif qilamiz!

Oʼzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tomonidan “Regional Dialogue” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan xalqaro konferensiyada taniqli huquqshunoslar, mutaxassislar hamda xorijiy ekspertlar ishtirok etadilar.

Konferensiya adliya, sud-huquq organlari va davlat boshqaruv tizimida raqamlashtirish jarayonidagi asosiy natijalar va bu sohadagi dolzarb vazifalar muhokamasiga bagʼishlangan.

Sana: 14 dekabr 2021 yil, seshanba
Vaqt: 10:00
Manzil: "Hilton" mehmonxonasi konferensiyalar zali

Tadbirda ishtirok etish havolasi
https://us02web.zoom.us/meeting/register/tZEqd-urqz4rHNDiF4iQNwmIQBMg3_VXaj5x
identifikator: 939 9705 4959
kod: 834659
Tadbir dasturi bilan quyidagi havola orqali tanishasiz
https://hsti.uz/?p=27450

@huquqiytadqiqot
210 viewsedited  09:53
Ochish/sharhlash
2021-12-11 13:18:19 ​​ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov e'lon qiladi.

Huquqiy siyosat tadqiqot institutida quyidagi bo‘sh ish o‘rinlari mavjud:

Ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishni o‘rganish bo‘limi yetakchi maslahatchisi

Sud-huquq sohasidagi qonunchilikni o‘rganish bo‘limi katta maslahatchisi (0,5 stavkasi bola parvarishlash ta’tiliga chiqishi munosabati bilan)

Birinchi toifali ish yurituvchi kotib

Lavozim talablari, mehnat sharoiti va hujjatlarni taqdim qilish tartibi kabi qo‘shimcha ma'lumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin

https://hsti.uz/?p=27462

Bog‘lanish uchun telefon raqam va elektron pochta manzili:
71 268-28-95, tadqiqotinstituti@adliya.uz.

Tanlov o‘tkaziladigan joy: Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi, 69-uy.

Ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008”, Tadqiqot institutining 71 268 28 95 telefon raqamlari yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.
224 views10:18
Ochish/sharhlash
2021-12-11 06:32:06 ​​​​​​​​​​#Maqola

Huquqiy tadqiqot instituti masʼul xodimlari R.Nurmatov va Sh.Mirzayevlarning "Korrupsiyaga qarshi kurashishi - milliy va xorijiy amaliyot"
nomli maqolasi institutimizning rasmiy(hsti.uz) saytida eʼlon qilindi.

Maqolaning toʻliq matni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin

https://hsti.uz/?p=27446

@huquqiytadqiqot
144 views03:32
Ochish/sharhlash
2021-12-10 14:36:55
Raqamlashtirishning dolzarb masalalari xalqaro konferensiya kun tartibida.

Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti “Regional Dialogue” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari” mavzusidagi xalqaro konferensiyani o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Mazkur tadbir shu yil 14-dekabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahridagi “Hilton” mehmonxonasi konferensiyalar zalida o‘z ishini boshlaydi.

Batafsil

https://hsti.uz/?p=27450
2.2K viewsedited  11:36
Ochish/sharhlash
2021-12-08 09:12:16 ​​​​​​​​#Maqola

Huquqiy tadqiqot instituti masʼul xodimi Y.Sulaymonovaning "Konstitutsiya - farovon hayotimiz kafolati" nomli maqolasi institutimizning rasmiy(hsti.uz) saytida eʼlon qilindi.

Maqolaning toʻliq matni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin

https://hsti.uz/?p=27410

@huquqiytadqiqot
139 views06:12
Ochish/sharhlash
2021-12-08 09:01:37 ​​O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi.

@huquqiytadqiqot
122 views06:01
Ochish/sharhlash
2021-12-07 19:44:44
"Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon" shiori ostida madaniy ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Joriy yilning 7-dekabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot institutida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan Sud-huquq sohasidagi qonunchilikni o‘rganish bo‘limi tomonidan “Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir haqida batafsil

https://hsti.uz/?p=27436

@huquqiytadqiqot
125 views16:44
Ochish/sharhlash
2021-12-07 19:27:09 #gʻururimmadhiyam
#faxrimmadhiyam
#madhiyakuni

Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti xodimlari tomonidan Davlat madhiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlab videorolik tayyorlandi





@huquqiytadqiqot
142 viewsedited  16:27
Ochish/sharhlash
2021-12-01 12:22:18
Tezkor xabar

Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishida mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlab qolish va yurtimiz hududiga koronavirus infeksiyasining yangi “omikron” shtammi kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bir qator yangi tartiblar belgilandi.

Unga ko‘ra, aholi salomatligini ta’minlash hamda mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlash maqsadida fuqarolarga yangi 2022 yil bayrami tadbirlarini imkon qadar oila davrasida o‘tkazish tavsiya etildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiytadqiqot
211 viewsedited  09:22
Ochish/sharhlash