Get Mystery Box with random crypto!

Islom Karimov

Telegram kanalining logotibi islomkarimov — Islom Karimov I
Telegram kanalining logotibi islomkarimov — Islom Karimov
Kanal manzili: @islomkarimov
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.63K
Kanalning ta’rifi

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning yorqin xotirasiga bag‘ishlanadi.
Saytlarimizni ham kuzatib boring:
👉http://fondkarimov.uz/uz/
👉http://birinchi-prezident.uz
👉http://mustaqillik-asoschisi.uz/

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-11-01 12:44:47
Ислом Каримов Ўзбекистонда инсон ҳуқуқлари ҳимояси ҳақида.
-
Ислам Каримов о защите прав человека в Узбекистане.

@IslomKarimov
456 views09:44
Ochish/sharhlash
2022-10-30 18:54:07
#Таrixiy_surаt

Prezident bilan diydor ko‘rishishga nima yetsin?!

@IslomKarimov
1.3K viewsedited  15:54
Ochish/sharhlash
2022-10-23 14:16:23
«Аёлни улуғламоқ – Ватанни, ҳаётни улуғламоқ деганидир» — Ислом Каримов

@IslomKarimov
3.5K viewsedited  11:16
Ochish/sharhlash
2022-10-22 07:37:00
“Маълумки, ўзбек халқи азалдан ўзининг болажонлиги, оилапарварлиги билан ажралиб туради. Албатта, фарзандга меҳр қўйиш, уларнинг қорнини тўқ, устини бут қилиш ўз йўли билан, лекин болаларимизни ёшлик чоғидан бошлаб миллий тарбия, ахлоқ-одоб, юксак маънавият асосида вояга етказиш биз учун доимо долзарб аҳамият касб этиб келган. Бу масалага эътибор бермаслик нафақат айрим ота-оналар, балки бутун жамият учун жуда қимматга тушишини ҳам кўпгина ҳаётий мисолларда кўриш мумкин” — Ислом Каримов

@IslomKarimov
3.2K viewsedited  04:37
Ochish/sharhlash
2022-10-21 15:41:35
ОНА ТИЛИМ

Минг йилларким булбул каломи
Ўзгармайди, яхлит ҳамиша.
Аммо шўрлик тўтининг ҳоли
Ўзгаларга тақлид ҳамиша.

Она тилим, сен борсан, шаксиз,
Булбул куйин шеърга соламан.
Сен йўқолган кунинг, шубҳасиз,
Мен ҳам тўти бўлиб қоламан!

Абдулла Орипов

@IslomKarimov
3.1K viewsedited  12:41
Ochish/sharhlash
2022-10-21 07:58:45
"1989 йил 21 октябрда «Давлат тили ҳақида»ги қонуннинг қабул қилиниши Президент Ислом Каримов номи билан боғлиқ. Эсимда, 80-йиллар охирида халқимизнинг энг катта орзуларидан бири – ўзбек тилига давлат тили мақомини бериш масаласи қўзғалди. Ҳали шўро давлати ҳукм юритаётган мураккаб бир давр эди. Қонун лойиҳаси муҳокамаси қизғин кечди. Зиёлилар, соҳа мутахассислари қонун лойиҳаси бўйича ўз таклиф ва мулоҳазаларини билдирди. Муҳокамаларда Президентимиз қатнашди, жараёнга ўзи бош-қош бўлди. Шу тариқа курашлар, баҳсу мунозаралар билан қонун қабул қилинди. Ўзбек тилига давлат тили мақомининг берилиши юртимиз учун мустақиллик муждаси бўлди".

БАХТИЁР НАЗАРОВ,
Биринчи Президент Давлат маслаҳатчиси, академик

@islam_karimov_channel
2.2K views04:58
Ochish/sharhlash
2022-10-21 06:47:23 ​​Ona tili - bu millatning ruhidir

Buyuk ma'rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning so‘zlari bilan aytganda, «Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur».

Bu haqda gapirganda, mustaqillik arafasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasida qanday qizg‘in, ba'zida keskin va murosasiz bahs va tortishuvlar bo‘lib o‘tgani beixtiyor yodimizga tushadi. O‘shanda ayrim siyosiy guruhlar O‘zbekiston sharoitiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan, bir-biriga butunlay zid va qarama-qarshi fikrlarni olg‘a surgan, shuning hisobidan o‘ziga obro‘ topish, odamlarni ortidan ergashtirishga uringan edi. Nega deganda, til bilan bog‘liq muammolar orqali milliy tuyg‘ularni ro‘kach qilib, ulardan g‘arazli maqsadlarda foydalanish mumkin.

Mana shunday o‘ta qaltis va murakkab vaziyatda agarki ozgina ehtirosga berilsak, hushyorlikni yo‘qotsak bormi, arzimagan uchqundan o‘t chiqib ketishi hech gap emasdi. Markazda va o‘zimizda qulay bahona kutib, payt poylab turgan imperiyaparast kuchlarga aynan shu narsa kerak edi. Ammo biz ular kutgan yo‘ldan bormadik. Og‘ir-vazminlik bilan ish tutib, har tomonlama o‘ylab, mulohaza qilib, barcha siyosiy va ijtimoiy guruhlarning talablarini qondiradigan, eng muhimi, xalqimiz va Vatanimiz manfaatlariga javob beradigan yagona to‘g‘ri yo‘lni topishga erishdik.

Islom Karimov.
“Yuksak ma'navit yengilmas kuch”.
2008 yil.

@IslomKarimov
2.7K views03:47
Ochish/sharhlash
2022-10-12 08:21:49
Чингиз Айтматов:
«Политическая селекция нашла ту личность, которая должна была появиться на политической и исторической арене. Иногда решимость, воля, ответственность, осознание своей роли и миссии одного человека могут сыграть решающую, колоссальную роль. Каримов, действительно, выдающаяся фигура в современной туркестанской истории».

@IslomKarimov
1.0K views05:21
Ochish/sharhlash
2022-10-02 11:19:26
Agar urush bo‘lsa — bu oxirgi urush bo‘ladi

Islom Karimovning yangi keng ko‘lamli urush o‘ta xavfli ekani haqidagi fikrlari.
Toshkent, SHHT sammiti, 2016 yil iyun.

@IslomKarimov
1.2K viewsedited  08:19
Ochish/sharhlash
2022-09-30 15:20:53
#Xotira

1999 yilning 22 dekabri. Hukumat majlislaridan birida 90 yoshga yaqinlashgan otaxon otashin nutq so‘zladi.

“Men 63 yil o‘qituvchilik qildim, oradan 45 yil o‘tib, o‘quvchilarim, ya'ni sizning sinfdoshlaringizning umumiy tushgan suratini taqdim etaman”.

U shunday deb O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovga o‘zi bilan olib kelgan fotojamlanmani taqdim etdi. Butun zalni qarsak, olqish ovozi tutdi.
Bu Islom Karimovni o‘qitgan, unga harf tanitgan, ilm yo‘lida qo‘lini tutgan ustozi edi...

@IslomKarimov
1.8K views12:20
Ochish/sharhlash