Get Mystery Box with random crypto!

Bandlik Vazirligi

Telegram kanalining logotibi mehnatvazirligi — Bandlik Vazirligi B
Telegram kanalining logotibi mehnatvazirligi — Bandlik Vazirligi
Kanal manzili: @mehnatvazirligi
Toifalar: Siyosat , Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 11.66K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
🌐 https://mehnat.uz/uz
☎️ 998 (71) 200 06 00
📲https://www.facebook.com
https://www.instagram.com/bandlik_vazirligi
📍Manzil: Toshkent shahri Istiqbol ko'chasi 15 uy

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-09-01 07:12:10
#Yangi_O'zbekistonda_ el aziz_inson aziz

ASSALOMU ALAYKUM HURMATLI YURTDOSHLAR!

Kuz faslining ilk kunida nishonlanadigan eng ulug‘, eng aziz bayramimiz, muqaddas istiqlol shodiyonasi barchangizga muborak bo‘lsin. Yurtimiz osmonida mustaqillik shabbodasi esganiga bugun 31 yil to‘ldi, ushbu davr har birimizning hayot yo'llarimizda o‘ziga xos iz qoldirdi, yodimizda saqlaydigan go‘zal kunlarimiz, faoliyatimizdagi dovonlar, muvaffaqqiyatlarning hammasi ana shu yillar bilan chambarchas bog‘liq.Bugun har bir xonadonning moʻjaz dasturxonlari ustida qilinayotgan ezgu tilak va niyatlarning ijobat bo‘lishini yaratgandan so‘rayman, kelajakdagi rejalar amalga oshishida ajdodlarimiz ruhi madadkor bo‘lsin!

Cheksiz hurmat ila Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov!



Kanalga ulanish
https://t.me/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I  twitter I Telegram I YouTube
1.1K viewsedited  04:12
Ochish/sharhlash
2022-08-31 14:45:48
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Epsilon'dan pulini ololmayotgan sobiq ishchi" nomli xabar yuzasidan Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

Unga ko'ra, ish beruvchi tomonidan murojaatchining oylik maoshlari o'z vaqtida berilmaganligi va Mehnat kodeksining 154-161-moddalari qo'pol ravishda buzilganligi aniqlandi. Fuqarolik ishlari bo'yicha Yakkasaroy tumanlararo sudida “Epsilon Development Company” MCHJning sobiq xodimiga 21 498 072,03 so'm miqdorida ish xaqini undirish yuzasidan sud ajrimi chiqarildi.

Kanalga ulanish
https://t.me/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
1.5K views11:45
Ochish/sharhlash
2022-08-31 14:29:26
#Biz_korrupsiyaga_qarshimiz

Vazirlik mutasaddilari hamda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mas'ul xodimi ishtirokida "Qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf qilish to‘g‘risida" navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unda tizimdagi korrupsion holatlarni oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi, shuningdek, aholi noroziligini keltirib chiqarayotgan, murojaat qoldirishga majbur qilayotgan tub muammolarni aniqlash, arizalarda ko‘tarilayotgan masalalarni tahlil qilish hamda ularni tugatishga qaratilgan ta’sirchan choralar ko‘rish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Kanalga ulanish
https://t.me/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
1.4K views11:29
Ochish/sharhlash
2022-08-31 13:45:18
Ijtimoiy tarmoqlarda “Ko‘p ishlash mehnat unumdorligini oshirmaydi” sarlavhasi ostida chiqarilgan xabar yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Mehnat kodeksining 114-moddasida ish vaqti tushunchasiga tavsif berilgan: “Xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o‘z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo‘lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi”.

Shuningdek, Yangi tahrirdagi mehnat kodeksida ish kuni grafigi va dam olish kunlariga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplariga bog‘liq normalar mavjud, masofadan turib ishlovchi xodimlarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlariga oid normalar aks ettirilgan alohida bob kiritilgan bo‘lib, ushbu kodeksda ham ushbu munosabatlar to‘liq qamrab olingan.

BATAFSIL


Kanalga ulanish
https://t.me/mehnatvazirligi
1.4K views10:45
Ochish/sharhlash
2022-08-31 12:33:29
Mehnat kodeksining 122 -moddasi.

Tungi vaqtdagi ishning muddati

Soat 22-00 dan to soat 6-00 gacha bo‘lgan vaqt tungi vaqt deb hisoblanadi. Agar xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatining kamida yarmi tungi vaqtga to‘g‘ri kelsa, tungi ish vaqti muddati bir soatga, ish haftasi muddati ham shunga muvofiq ravishda qisqartiriladi. Ishlab chiqarish sharoitlariga ko‘ra zarur bo‘lgan hollarda, xususan ishlab chiqarish uzluksiz bo‘lgan joylarda, shuningdek bir kun dam olinadigan olti kunlik ish haftasi sharoitida smena bo‘lib ishlanayotgan joylarda tungi ish muddati kunduzgi ish muddatiga tenglashtiriladi.

Xodimlarni tungi vaqtdagi ishga jalb etish ushbu Kodeksning 220-moddasi beshinchi qismida va 228, 245-moddalarida belgilangan cheklashlarga rioya etgan holda amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
2.3K views09:33
Ochish/sharhlash
2022-08-31 10:18:11
#Tafsilot_kun_mavzusi

Xorijga ishlash uchun ketmoqchisiz-u, biroq korrupsiya sabab toʻsiqlarga duch kelyapsizmi

Yoki ishsizlik nafaqasini olishda sizdan pora talab qilishyaptimi

"Tafsilot_kun mavzusi" koʻrsatuvining navbatdagi sonida bunday vaziyatlarda qanday yoʻl tutish mumkinligi xususida soʻz yuritiladi.

Koʻrsatuvda, shuningdek, mehnat munosabatlari sohasida kuzatilayotgan korrupsiya holatlari va ularni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens-nazorat boʻlimi masʼul xodimining fikr-mulohazalari bilan tanishasiz.

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
1.4K views07:18
Ochish/sharhlash
2022-08-31 08:36:35
#OAV_biz_haqimizda

Toshkent shahridagi Kunlik mehnat markazlariga tashkil etilgan PRESS-TUR tafsilotlari "O'zbekiston 24" informatsion dasturida.

Kanalga ulanish
https://t.me/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
1.9K viewsedited  05:36
Ochish/sharhlash
2022-08-30 18:08:29
#MONOMARKAZ

Siz kasb-hunarni xorijiy mutahassislardan o'rganishni xohlaysizmi? Buning uchun chipta olib chet elga borishingiz shart emas.

Yurtimiz bo'ylab barcha “Ishga marhamat” monomarkazlarida turkiyalik mutaxassislar tomonidan  mehnat bozorida ta'lab yuqori bo'lgan: qandolatchilik, oshpazlik, sartaroshlik, enagalik kabi turli yo'nalishlarga o'qitiladi.


Batafsil ma'lumot uchun:
(71) 207-69-00 ichki raqam 140 



Kanalga ulanish
https://t.me/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
1.1K views15:08
Ochish/sharhlash
2022-08-30 15:14:03
#Yangi_O‘zbekistonda_el aziz_inson_aziz

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ahil jamoasi mamlakatimiz Mustaqilligining shonli 31 yilligini haqiqiy bayramona ruxda kutib olmoqda. 2022-yilning o‘tgan davri mobaynida band bo'lmagan aholini kasbga o‘qitish tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida "Ishga marhamat" Monomarkazlar soni bugunga kelib 18 taga yetdi va unda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami uchun ham keng imkoniyatlar yaratildi.

Ushbu videorolikda 2022-yilning boshidan shu kunga qadar amalga oshirilgan ishlardan na'munalar jamlandi.

Kanalga ulanish
https://t.me/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
2.7K viewsedited  12:14
Ochish/sharhlash
2022-08-30 13:53:42
Toshkent shahridagi Kunlik mehnat markazlariga PRESS-TUR 2 daqiqa ichida.

Ma'lumot uchun: Yashnobod tumanidagi Kunlik mehnat markazi Davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etildi.

Kanalga ulanish
https://t.me/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
1.9K views10:53
Ochish/sharhlash