Get Mystery Box with random crypto!

Mirakmal Niyazmatov

Telegram kanalining logotibi mirakmalniyazmatov — Mirakmal Niyazmatov M
Telegram kanalining logotibi mirakmalniyazmatov — Mirakmal Niyazmatov
Kanal manzili: @mirakmalniyazmatov
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.25K
Kanalning ta’rifi

Advokat Mirakmal Niyazmatov Amerikaga immigratsiya va immigrant hayoti haqida
Facebook - https://www.facebook.com/MirakmalNiyazmatov/
Blog - http://uzbekimmigrant.com

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2021-02-04 08:24:26 “Pitsburgdagi o’zbeklar jamiyati” (Uzbek Association of Pittsburgh) bilan AQSh immigratsiya tizimida kutilayotgan o’zgarishlar va fuqarolikni qabul qilish shartlari haqida suhbat.

2021-yilda Amerikaga immigratsiya qilish qanday o'zgarishi mumkin? Grin karta lotereyasi bo'yicha yutuqlar soni oshadimi? Ish vizasini olish osonlashadimi? AQSh fuqaroligini olishda nimalarga e'tibor berish kerak?



5.8K viewsMirakmal Niyazmatov, 05:24
Ochish/sharhlash
2021-01-29 17:51:00
Vashington choyxonasi: Baydenning immigratsiya siyosati (Video)

Jo Bayden AQSh prezidenti sifatida ish boshlashi bilan immigratsiyaga oid bir nechta farmon chiqardi. Bu sohada alohida qonun qabul qilinishi ham kutilmoqda. Asosiy o'zgarishlar nimalardan iborat? Amerikaga kelish endi osonlashadimi? Advokat Mirakmal Niyazmatov bilan shu haqda suhbatlashdik.

Tomosha qiling: https://www.amerikaovozi.com/a/5754365.html

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube| Odnoklassnik
4.5K viewsMirakmal Niyazmatov, 14:51
Ochish/sharhlash
2021-01-29 17:51:00 #Bayden AQSh #immigratsiya tizimida qanday o'zgarishlar amalga oshirmoqchi?
3.6K viewsMirakmal Niyazmatov, 14:51
Ochish/sharhlash
2020-10-15 03:22:32 #KichikBiznes: #Immigrant’lar orasida #SideHustle, ya’ni qo’shimcha #daromad haqida o’ylamaydigani juda kam. Aksariyati asosiy ishidan tashqari boshqa tirikchilik bilan ham shug’ullanadi.

Quyidagi kitob $100 bilan Amerikada kichik biznes boshlash haqida. $100 bir oz mubolag’a albatta, ammo umuman olganda juda yaxshi maslahatlar berilgan.

http://uzbekimmigrant.com/2019/12/27/amerikada-kichik-biznes-yuritish-sirlari/
7.0K viewsMirakmal Niyazmatov, 00:22
Ochish/sharhlash
2020-10-10 18:24:36 #GrinKarta: Hozir grin kartaga ariza topshirish avjida. DV 2018'dan keyingi statiktik ma'lumotlarni tekshirgan edim. Ariza topshirgan o'zbekistonliklar soni quyidagicha:
- DV 2019: 2 846 227 (oila a'zolari bilan);
- DV 2020: 2 572 653 (oila a'zolari bilan);
- DV 2021: 832 938 (oila a'zolari bilan).

Ha, DV 2021 qiziqish juda pasayib ketganini ko'rish mumkin. Sababini aytish qiyin. Ammo O'zbekiston #DV2021 dasturi bo’yicha eng ko’p sovrindorlarga ega bo’lgan davlatlar o'nligidan joy olgan: Misr (6002 kishi), Eron (6001 kishi), Rossiya (6001 kishi), Jazoir (6001 kishi), Sudan (6001), Ukraina (5604), 𝗢’𝘇𝗯𝗲𝗸𝗶𝘀𝘁𝗼𝗻 (𝟱𝟯𝟭𝟵), Kongo (4503), Morokash (4458), Albaniya (3962).

#Maslahatlar:
1. Bu yil grin karta lotereyasiga albatta ariza topshiring;
2. Ariza topshirishdan avval Yo'riqnomani o'qib chiqing;
3. Sizdan so'ralgan barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting. Bunda chet elga chiqish pasportidan foydalaning;
4. Yolg'on ma'lumot kiritmang;
5. Rasm talablariga rioya eting.

#Eslatma: Yutuq turmush qurgan-qurmagan, farzandli-farzandsiz, chekmaydigan-ichmaydiganga qarab chiqmaydi.

Grin karta lotereyasida qatnashing, ammo hayot mazmuni va kelajagingizni yutuq ehtimoli juda, juda past bo'lgan grin kartaga bog'lab qo'ymang. Amerika yoki chet elga ketishni jiddiy niyat qilgan bo'lsangiz hech bo'lmasa ingliz tilini o'rganishni boshlang, qiziqqan sohangiz bo'yicha tahsil oling, hunar o'rganing. Tanlagan sohangiz ustasiga aylaning. Shunda eshiklar ochilaveradi. Omad!

* * * * * * ***
𝐁𝐮 𝐞𝐬𝐚 𝐨'𝐭𝐠𝐚𝐧 𝐲𝐢𝐥𝐠𝐢 𝐩𝐨𝐬𝐭𝐢𝐦:

#Raqamlar: Meni boshqa masala qiziqtiryapti -- o'zi o'tgan yili necha kishi topshirdiyu, qanchasiga yutuq chiqdi. Raqamlar esa yoqa tishlatadi. 2018 yilda grin karta lotereyasida qatnashish uchun 2 114 446 O'zbekiston #fuqaro'si murojaat qilgan. Ha, 2.1 million kishi! Bu mehnatga yaroqli fuqarolarning taxminan 14-16% tashkil etadi. 2017 yilda topshirilgan arizalarga solishtirganda 35% o'sish.

Dunyo bo'yicha fuqarolari eng ko'p murojaat qilgan davlatlar orasida Ganadan (2 227 530) keyin ikkinchi o'rindamiz.

Qo'shnilarda #SurishKerak qay ahvolda? Markaziy Osiyo davlatlaridan kelib tushgan arizalar soni quyidagicha: 1) Qozoqiston – 93 406; 2) Qirg’iziston – 72 350; 3) Tojikiston – 122 178; va 4) Turkmaniston – 29 666.

Xullas, O'zbekistondan topshirilgan arizalarning 2%-5%. #VizaFirmalari'ga mendan tekin biznes g'oya -- qo'shni davlatlarda ham filial oching...
12.7K viewsMirakmal Niyazmatov, edited  15:24
Ochish/sharhlash
2020-10-09 21:16:20 "Grin karta"ga ariza topshirish bo'yicha savollar ko'p kelyapti. AQShning O'zbekistondagi elchixonasi saytida bu haqda o'zbek tilida yetarli darajada ma'lumotlar bor:

https://uz.usembassy.gov/uz/visas-uz/immigrant-visas-uz/immigrant-visas-diversity-visa-program-uz/

Shu ma'lumotlar bilan tanishib chiqishingizni tavsiya qilaman. Bu ma'lumotlarning ayrimlari avvalgi yillarda o'tkazilgan dasturlarga oid bo'lsa ham, umumiy ma'lumot va talablar o'zgarmagan. Ularni bu yilgi anketa uchun ham ishlatish mumkin.

@bmamadiev
3.6K viewsMirakmal Niyazmatov, 18:16
Ochish/sharhlash
2020-10-01 07:34:07
#DV2020: #GrinKarta lotereyasi bo'yicha sud ishi nihoyasiga yetdi.

Bugun sudya Amit Mehta grin karta lotereyasi sovrindorlari uchun 30-sentyabrdan keyin ham 9 095 joy ajratilishi haqida qaror chiqardi (Advokatlar da’vo arizasida 30 ming joy ajratilishini so’ragan edilar). Demak 2020 yilda har yili ajratiladigan 55 000 vizaning taxminan yarmi ishlatiladi.

AQSh Tashqi ishlar vazirligi bergan hisobotga ko’ra, bugungacha 15 400 viza berilgan. Sudya Mehta buyurgan 9 095ta viza berilgan taqdirda, 2020 yilda grin karta lotereyasi bo’yicha jami 24 495ta viza beriladi.

Sud advokatlar talabini nega to'liq qondirmadi?

Sudya Mehtaga ko’ra, koronavirus AQSh Tashqi ishlar vazirligi tomonidan grin karta lotereyasi arizalari samarali ko'rib chiqilishiga salbiy ta'sir qilgan. Bu holatni inobatga olib, 30-sentyabrdan keyin jami 9 095 ariza ko'rib chiqilishi haqida qaror chiqardi.
23.7K viewsMirakmal Niyazmatov, edited  04:34
Ochish/sharhlash
2020-09-30 06:43:48 Tramp-Bayden bahsi: tartibsiz, haqorat va inkorlarga to’la tortishuv

Prezident Donald Tramp va uning demokrat raqibi Jo Bayden o’rtasida kechgan bahs, kutilganidek, juda shafqatsiz bo’ldi. Lekin bundan ham ajablanarlisi – o’ta tartibsiz kechdi. Tramp deyarli butun bahs davomida Baydenning gaplarini bo’lib, uning erkin gapirishiga imkon bermadi. Moderatorning bir necha bor Trampni ogohlantirishi ham foyda bermadi.

Bayden bundan asabiylashib, bir joyda Trampga qarata “og’zingni yum”, dedi. Yana bir joyda prezidentni “masxaraboz” deb atadi.

Har ikki tomon bir-birini tinimsiz yolg’onchilikda aybladi. Bayden Trampga qarata, “sen har doim yolg’onchisan”, dedi. Tramp Baydenni aqliy jihatdan to’kis emassan; ikkinchi darajali odamsan, deb atadi.

Mavzular

Nomzodlar koronavirus pandemiyasi, iqtisodiyot, Oliy sudga sudya tayinlash, saylovlarni halol o’tkazish kabi bir qator mavzularda bahslashdi.

2016 va 2017-yillarda $750 soliq to’lagansiz, xolosmi, degan savolga Tramp, yo’q, millionlab dollar soliq to’laganman, deb javob berdi.

Tramp, shuningdek, oq irqchilar va millatchilarni qoralaysizmi, degan savolga javob berishdan bosh torti, gapni olib qochdi.

Tramp pochta orqali ovoz berishni qoralab, bu firibgarlikka olib borishini aytdi. Unga ko’ra, saylov natijalarini aniqlash haftalab, hatto oylab vaqt olishi; bunga Oliy sud ham aralashishi mumkin. AQShda prezidentlik saylovi natijasi shu paytgacha, odatda, har doim saylov kunining o’zidayoq e’lon qilinib kelgan.

Kuzatuvchilar bahosi

Bahs tugagandan so’ng uni tahlil qilgan “CNN” boshlovchilariga ko’ra, Trampning chiqishi “uyatsiz va axloqsiz”, bahsning o’zi esa “sirkdagilar ham ko’rsatishga uyaladigan darajada rasvo tomosha” bo’ldi.

Jurnalistlar kim ko’p yolg’on gapirganini ham hisob-kitob qilishga ulgurdi. “New York Times” gazetasi bahs davomida fakt sifatida tilga olingan har bir ma’lumotni o’rganib chiqdi. Unga ko’ra, Tramp tomonidan o’nlab yolg’on yoki aldamchi ma’lumotlar aytilgan. Baydenda bu deyarli kuzatilmagan.

Xulosa

Prezidentlik bahslari, odatda, qaysi nomzodga ovoz berish bo’yicha bir qarorga kelib bo’lgan saylovchilar uchun jiddiy o’zgarish yasamaydi. Hali bir qarorga kelmaganlar yoki amaldagi prezidentni yoqtirmaydigan, ammo ikkinchi nomzodni yaxshi tanimaydigan saylovchilar uchun bahslar muhim ahamiyatga ega.

So’rovlarga ko’ra, Trampdan norozi amerikaliklar ko’pchilikni tashkil qiladi. Ammo butun umrini siyosatda o’tkazgan Baydenni yoqtirmaydiganlar ham ko’p. Ya’ni u prezident bo’lsa, AQShda hech narsa o’zgarmaydi, deb hisoblovchilar kam emas. Hatto Baydenni yoqtirmagani uchun Trampga ovoz beradiganlar ham mavjud. Yoki, aksincha, Trampni yomon ko’rgani uchun har qanday ikkinchi nomzodni yoqlashga tayyorlar ham topiladi.

Bahslarda, odatda, nomzodlarning noma’lum qirralari ochiladi; saylovchilar ularni yaxshiroq tanib olishlari uchun imkoniyati paydo bo’ladi. Shu tariqa eng yaxshi chiqish qilgan nomzodning reytinglarda ko’rsatkichlari oshishi mumkin.

Shaxsiy fikrim – Bayden birinchi bahsda Trampni yengdi. Tramning gaplari, odatdagidek, sodda, xalqchil va ochiqligi bilan quloqqa yoqimliroq eshitilgan bo’lsa-da, to’g’ri va asosli gaplarni gapirish bo’yicha Bayden ustunlik qildi.

@bmamadiev
3.3K viewsMirakmal Niyazmatov, 03:43
Ochish/sharhlash
2020-09-25 21:39:12 #StudyInUSA: Aziz Goziev bilan AQSda bakalavrga hujjat topshirish haqida suhbatning to'liq versiyasi.

Chet elda ta'lim olmoqchi bo'lgan do'stlar, albatta tamosha qiling.

#InglizTili'ni yaxshi bilmaydigan do'stlar, YouTube'da videoni ochganingizdan keyin, o'ng qo'l pastki burchakda Settings -> Subtitles/CC -> Autogenerate -> Uzbek'ni tanlasangiz, o'zbek tilida subtitrlar bilan tamosha qilishingiz mumkin.

Aziz, thank you for incredibly useful insights!

#UAAC team, you guys are crushing it! Please keep organizing more webinars!



3.9K viewsMirakmal Niyazmatov, edited  18:39
Ochish/sharhlash
2020-09-25 15:05:52 #TalabaVizasi: #DHS (Ichki Xavfsizlik Vazirligi) talabalarni hali-veri tinch qo'ymaydiganga o'xshaydi...

F, M, va J vizalariga cheklovlar taklif qilinmoqda. Yangi taklif qilinayotgan asosiy qoidalar:

1. #DurationOfStay: #F1Viza bilan kelayotganlarga D/S (Duration of Stay) o'rniga AQShga aniq cheklangan muddatga kirishga ruxsat beriladi;

2. #TilKursi: Til kursiga kelayotganlarga jami 24 oyga visa beriladi. Bu muddatdan keyin yana til kursiga yozilishga ruxsat berilmaydi;

3. #Overstay: Viza muddatiga rioya etmasdan qolib ketayotganlar) darajasi 10% katta bo'lgan davlat fuqarolariga ham 24 oydan ko'pga viza berilmaydi. O'zbekiston ham bu ro'yxatda. Ikki yillik muddat tugaganidan keyin talaba viza muddatini uzaytirish uchun alohida ariza topshirishi kerak bo'ladi;

4. #DegreeLevels: Bir darajada bo'lgan o'quv dasturlarida o'qishga ruxsat berilmaydi. Masalan, bir bakalavrdan ikkinchi bakalavr dasturiga topshirishga chek qo'yiladi. Yoki, magistraturadan keyin bakalavrga o'qish va hkz.;

5. #GracePeriod: O'quv dasturi tugaganidan keyin AQShni tark etishga 60 kun o'rniga 30 kun beriladi;

6. #H1B: H1Bga ariza topshirganlar uchun viza avtomatik ravishda 1-aprelgacha uzaytiriladi. Ammo javob chiqmagan taqdirda talaba 30 kun ichida AQShni tark etishi kerak.

Jamoatchilik yangi qoidalar bo'yicha o'z fikrlarini 26-oktyabrgacha yuborishi mumkin. Qoidalar keyingi yil yanvardan kuchga kirishi kutilmoqda.


https://www.federalregister.gov/documents/2020/09/25/2020-20845/establishing-a-fixed-time-period-of-admission-and-an-extension-of-stay-procedure-for-nonimmigrant?fbclid=IwAR2EhTbQCl8BMjIc3hjvEfmVgiThI5q4sVlam4IIIkMMyJvbHXEqNM3HzXU
6.5K viewsMirakmal Niyazmatov, edited  12:05
Ochish/sharhlash