Get Mystery Box with random crypto!

Narpay.uz | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi narpay_tuman_hokimligi — Narpay.uz | Rasmiy kanal N
Telegram kanalining logotibi narpay_tuman_hokimligi — Narpay.uz | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @narpay_tuman_hokimligi
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.34K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: www.Narpay.uz
https://www.facebook.com/Narpay-tumani-hokimligi-axborot-xizmati-133593578377621/
instagram.com/narpay_tuman_hokimligi
https://www.youtube.com/channel/UCuTB6A7LY_mfX84B-CQAIaw
Murojaat uchun: @islambek_norbekov

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2023-07-24 16:42:39
Konsert dasturi boshlanishiga oz qoldi...
2.0K views13:42
Ochish/sharhlash
2023-07-24 15:23:08
TURKIYALIK INVESTOR NARPAYDA

Sir emaski, so‘ngi vaqtlarda tumanimizda ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar natijalari navbati bilan ko‘zga tashlanib bormoqda.

Bunga misol qilib, oxirgi olti oy mobaynida ishga tushirilgan shuncha korxonalarni hamda 6 oyda ishlab chiqarish hajmini 323,7 milliard so‘mga yetganini misol qilib keltirishimiz mumkin.

Shu ishlarni barqaror davom ettirish maqsadida mahalliy va xorijiy investorlar bilan hamkorlar bilan ishlar jadal olib borilmoqda.

Jumladan, bugun tumanimizga Turkiya davlatidan investor tadbirkorlar tashrif buyurdi. Yirik tadbirkor Ali Osman Kayis Salomatlik savdo MCHJ korxonasi bilan hamkorlikda chorva hamda parrandalar uchun omuxta yem ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish istagida.

Bugun tuman hokimi ushbu korxonalar rahbarlari bilan uchrashib muzokara o‘tkazdi.

Kelgusida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali aholi bandligini taʼminlash va sifatli mahsulot ishlab chiqarish haqida so‘z yuritildi.
2.4K views12:23
Ochish/sharhlash
2023-07-24 14:16:31
Sportning futbol turi bo‘yicha 10-11 yoshli bolalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan viloyat birinchiligi “Bolalar ligasi-2023” musobaqasining 7-turdan keyingi turnir jadvali namunasini sizga havola qilamiz.

Ushbu turnir jadvalida Narpaylik bolalar birinchi o‘rinni egallab turibdi.
_____

Спортнинг футбол тури бўйича 10-11 ёшли болалар ўртасида ўтказилаётган вилоят биринчилиги “Болалар лигаси-2023” мусобақасининг 7-турдан кейинги турнир жадвали намунасини сизга ҳавола қиламиз.

Ушбу турнир жадвалида Нарпайлик болалар биринчи ўринни эгаллаб турибди.
2.8K views11:16
Ochish/sharhlash
2023-07-24 13:15:31
Quyosh panellarini oʻrnatish borasida qanday qulayliklar borligini bilasizmi?
_____

Қуёш панелларини ўрнатиш борасида қандай қулайликлар борлигини биласизми?
3.2K views10:15
Ochish/sharhlash
2023-07-24 12:14:02
#diqqat

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatida mavjud bo‘sh bo‘lgan profilaktika inspektori lavozimlariga tanlov e’lon qilinadi

Batafsil
: https://narpay.uz/uz/node/6345
3.8K views09:14
Ochish/sharhlash
2023-07-24 11:13:32
#Bu_fakt

Joriy yilning 6 oy yakuni hisobiga ko‘ra tumanda 2138 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Ulardan 1118 nafari o‘g‘il, 1020 nafari qiz bolalarni tashkil etadi.

Narpay tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruq kompleksi xodimlari onalik baxtiga erishgan ayollar va yangi chaqaloqlar salomat ekanligini taʼkidlashmoqda.
____

#Бу_факт

Жорий йилнинг 6 ой якуни ҳисобига кўра туманда 2138 нафар чақалоқ дунёга келди. Улардан 1118 нафари ўғил, 1020 нафари қиз болаларни ташкил этади.

Нарпай туман тиббиёт бирлашмаси туғруқ комплекси ходимлари оналик бахтига эришган аёллар ва янги чақалоқлар саломат эканлигини таъкидлашмоқда.
3.5K views08:13
Ochish/sharhlash
2023-07-24 11:09:36
#Ayni_paytda

"Narpay tumanida aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan taʼminlash borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar" mavzusida tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dostonbek Ziyodullayev ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.

Kuzatib borish uchun:
https://fb.watch/lZWOJctGYq/
____

#Айни_пайтда

"Нарпай туманида аҳолини табиий ва суюлтирилган газ билан таъминлаш борасида кўрилаётган чора-тадбирлар" мавзусида туман ҳокимининг қурилиш, коммуникациялар, коммунал хўжалик, экология вa кўкаламзорлаштириш масалалари бўйича ўринбосари Достонбек Зиёдуллаев иштирокида очиқ мулоқот бўлиб ўтмоқда.

Кузатиб бориш учун:
https://fb.watch/lZWOJctGYq/
3.3K views08:09
Ochish/sharhlash
2023-07-24 10:12:31
MAHALLA – ULUG‘ QADRIYATLARIMIZ BESHIGI

Mamlakatimizni barqaror rivojlantirish, xalqimiz farovonligini oshirish, fuqarolarimizning o‘z hayotidan rozi bo‘lib, ertangi kunga qatʼiy ishonch bilan munosib hayot kechirishini taʼminlash bo‘yicha oldimizga qo‘ygan maqsad va vazifalarni izchil amalga oshirishda jamiyatning eng muhim bo‘g‘ini hisoblangan mahalla institutining o‘rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Shu sababli, tuman hokimi IIB boshlig‘i va tegishli masʼullar hamrohligida ZOOM platformasi orqali "mahalla beshligi" bilan muhokama o‘tkazdi.

Yig‘ilishda joriy haftada aholi murojaatlari bilan ishlash, oilaviy ajrimlarning oldini olish, obodonchilikka eʼtibor qaratish yuzasidan so‘z yuritildi.

Murojaatlar bilan ishlashda nuqsonlarga yo‘l qo‘ygan mahalla vakillari tanqid ostiga olindi.

Shu kabi ijtimoiy ahvoli og‘ir xonadonlardan xabar olish, obodonlashtirish ishlari haqida ham gapirildi.
3.6K views07:12
Ochish/sharhlash
2023-07-24 09:11:02
Bugun, 24 iyul O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kun.

Davlatimiz rahbari 66 yoshni qarshilamoqda.

Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, muhtaram Prezident!
______

Бугун, 24 июль Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев таваллуд топган кун.

Давлатимиз раҳбари 66 ёшни қаршиламоқда.

Таваллуд айёмингиз муборак бўлсин, муҳтарам Президент!
5.3K views06:11
Ochish/sharhlash
2023-07-24 08:10:04
AZIZ NARPAYLIKLAR!

Bugun soat 19:00 da tuman madaniyat va turizm bo‘limi sanʼatkorlari “Yoz oqshomlari” deb nomlangan konsert dasturini namoyish etadilar.

Oqtosh shahridagi madaniyat va istirohat bog‘i hududidagi   o‘yingohda bo‘lib o‘tadigan konsertga barchangizni taklif etamiz.

Konsert mehmoni estrada xonandasi Elyorbek Melibayev
.

Chipta narxi atigi 20.000 so‘m. Barcha Narpayliklarni hamda tumanimiz mehmonlarini ushbu konsert dasturiga taklif etib qolamiz.

Murojaat uchun telefonlar:

(97)-923-06-13
(97)-406-84-67
(93)-354-06-03
5.4K views05:10
Ochish/sharhlash