Get Mystery Box with random crypto!

Sanjar Xo‘ja

Telegram kanalining logotibi sanjar_xoja — Sanjar Xo‘ja S
Telegram kanalining logotibi sanjar_xoja — Sanjar Xo‘ja
Kanal manzili: @sanjar_xoja
Toifalar: Bloglar , Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 18.37K
Kanalning ta’rifi

HAYOT- MUSOBAQA MAYDONI EMAS...
Youtube: https://m.youtube.com/channel/UC4QRQxiGGAID-F5DjgvcX9A

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-07-23 12:08:57
Bu videoni ko‘rib, 5 daqiqa to‘xtamay kuldim.

@sanjar_xoja
24.2K views09:08
Ochish/sharhlash
2023-07-22 06:38:13 Videoning qisqa mazmuni:

O‘zbekistonlik yigit mashinasini noto‘g‘ri yerga qo‘ygan ekan. Shuning uchun 35$ jarima belgilandi. 410 ming so‘m.

O‘zbekistonda esa shunday holatga jarima miqdori 660 ming so‘m.

Amerikada o‘rtacha oylik...

Mayli, ertalabdan yuragingizni siqmay qo‘yaqolay!

@sanjar_xoja
15.2K viewsedited  03:38
Ochish/sharhlash
2023-07-22 06:09:52
O‘zbekistonlik sobiq futbolchi Amerika sudida.

Shunchaki inglizchangizni charxlash uchun video.

@sanjar_xoja
20.2K views03:09
Ochish/sharhlash
2023-07-20 22:12:12
"Ozodlik" surishtiruvini muhokama qilgan millionlab xalqimizga rahmat!

Xalqning sovugan ko‘nglini ilitishga harakat boshlandi.

Prezident korteji el qatori qizil yo‘lchiroqda turibdi. Yo‘lni to‘smasdan shahar aylandi.

@sanjar_xoja
12.7K views19:12
Ochish/sharhlash
2023-07-20 11:36:19
Bu gaplarni bir yil avval yozgandim. Ilk Umradan keyin. Takrorda foyda bor!

***

O‘zbekiston Prezidenti Umra ibodatini bajardi. Alloh qabul qilsin. Bundan xursand bo‘ldim. Bu xursandchilikni baham ko‘rishga shoshilmayapman.

Prezident o‘zini diniy taraflama xalqqa ko‘rsatdi. Endi buni haqiqiy ekanini ko‘rsatish sinovi bor.

Masalan,
- Diniy ta'limda erkinlik bo‘ladimi?
- Soqol va hijobga qarshilik qilganlar jazolanadimi?
- Davlat tashkilotida ro‘molli ayollar ishlay oladimi?
- Masjidlar ochilishi osonlashadimi?
- Qur'on musobaqalari tiklanadimi?
...va boshqa ishlar.

Eng asosiysi, saylovdan oldingi va'dalar bajariladimi? Minbardagi gaplarning ijrosi bo‘ladimi? Mansabdagi o‘g‘rilarga "a-ta-ta" deyishdan boshqa jiddiyroq chora ko‘riladimi...?

Ana shu ishlar qilinsa, Prezident Umraga borganidan xursandligimni hammaga ochiq aytaolaman.

Chuchvarani xom sanagandan ko‘ra, jo‘jani kuzda sanagan afzalroq. Chunki, sutdan og‘zi kuygan, qatiqni ham puflab ichadi.

@sanjar_xoja
12.4K viewsedited  08:36
Ochish/sharhlash
2023-07-18 10:33:01 Bir tanishim Ahmadboyga pul berib chuv tushgan.

Odamzot shunday ekan. Men aqlli, zukko va ziyrakman, deb o‘ylaydi. Kimdir aldab qo‘yishiga ishonmaydi. Shuning uchun o‘sha tanishim tez-tez aytadi:

- Ahmadboy O‘zbekistonni rivojlantirmoqchi edi. Hammani boy qilmoqchi edi. Amaldorlar buni xohlamadi. Shunga Ahmadboyni qamashdi.

Bu shunchaki o‘zini aldash.
Haqiqatdan qochish.

Huddi arabcha qo‘shiq uchun qamalganlarga faqat sudyalar aybdor deb ishonishdek.

Chunki, rahbarlar Umraga bordi, ishondik. Azon eshitganda yig‘lashiga ishondik. Video va rasmlarni tarqatib quvondik...

@sanjar_xoja
13.5K views07:33
Ochish/sharhlash
2023-07-17 21:40:51
Bu qo‘shiq muallifi amerikalik Tupak Shakur. U 1996-yilda otib ketildi.

Chunki, buzg‘unchi, ayirmachi, nafratga yo‘g‘rilgan qo‘shiqlar aytgan. Aynan shu qo‘shiqni ham tarjima qilsangiz, g‘ij-g‘ij zo‘ravonlikka targ‘ib bor.

Bu qo‘shiq bizda trend bo‘ldi. Rasmiy tashkilot xodimlari ham, maktab o‘quvchilari ham, domla-yu imomlar bu qo‘shiqni tarqatdi.

Hech kim buzg‘unchi bo‘lib ketmadi. Bu qo‘shiqni eshitgan odam boshqalarni chertmadi, to‘g‘rimi?

Unda nega arabcha qo‘shiq eshitgan yosh-yosh yigitlar qamalib ketyapti? Nega yosh yigitlar tushunmagan tildagi qo‘shiq eshitganiga xorlanyapti?

Bu muammoga yechim aytaymi? Qamamaslik! Pashshadan fil yasamaslik!

@sanjar_xoja
21.5K viewsedited  18:40
Ochish/sharhlash
2023-07-17 17:17:52 Kecha Amerikada yashayotgan tanishim ayti:

- 9 yoshli o‘g‘lim maktabga boradi. Maktabda o‘qituvchi dars yuzasidan "Disney"ning multfilmlarini qo‘yib beribdi. "Disney"ni bilasiz, hozir ochiqcha buzuqchilikni targ‘ib qilyapti. Multfilmda ham shunday kadrlar bor ekan.

Bolalar bu haqida uyiga borib, ota-onasiga aytdi. Ota-onalar birlashib, o‘qituvchini sudga berdi. Bolasiga buzuqchilikni targ‘ib qilgani uchun. Natijada, o‘qituvchi qamaldi.

- Yaxshi ma'lumot. Bu haqida yozsam bo‘ladi. Lekin Amerika deganda aqliga faqat buzuqlik keladiganlar tushunmaydi.

Pulini dollarda yig‘adi, ayfon tutadi, shevrolet minadi. Lekin shunda ham fikr qilmaydi.

Hatto, Amerika alohida shtatlardan iborat bir davlat. Har bir shtatda o‘zini qonunlari bor. Ko‘p shtatlarda buzuqlik taqiqlangan. Buni ham bilishmaydi. Shuning uchun, yozib o‘tirmayman, dedim.

Endi savol:
Mayli, Amerika achib-chirib ketdi, deylik. Biz qanchalik musulmonmiz?

Ba'zi masjidlarga yosh bolalar kiritilmaydi. Maktablarda ro‘mol bilan bog‘liq ziddiyatlar doim bor. 18 yoshgacha diniy ta'lim taqiqlangan.

Bolamiz uchun necha marta sudga berdik?

@sanjar_xoja
17.0K views14:17
Ochish/sharhlash
2023-07-17 11:10:56 Braziliyalik 13 yoshli o‘quvchi qiz homilador bo‘lib qoldi. Buni oilasiga bildirishi shart. Lekin qanday aytishni bilmabdi. Onasini oldiga borib, biroz kalovlanib debdi:

- Ona, men, mmm, men sal-pal homiladorman...

Onaning jahli chiqib, debdi:

- Nima u sal-pal? Ayollar yo homilador bo‘ladi, yo bo‘lmaydi. Sal-pal homiladorlik degan gap yo‘q!

Konstruktiv muxolifat - sal-pal muxolifatmi?

@sanjar_xoja
12.2K views08:10
Ochish/sharhlash
2023-07-17 09:33:08
Korrupsiya - xalq puli o‘g‘irlanishi haqida. Qiziqchi Gennadir Xazanov.

@sanjar_xoja
13.8K views06:33
Ochish/sharhlash