Get Mystery Box with random crypto!

YURIDIK KLINIKA

Telegram kanalining logotibi tdyu_yuridik_klinikasi — YURIDIK KLINIKA Y
Telegram kanalining logotibi tdyu_yuridik_klinikasi — YURIDIK KLINIKA
Kanal manzili: @tdyu_yuridik_klinikasi
Toifalar: Siyosat , Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 3.03K
Kanalning ta’rifi

👉 Ushbu kanalda TDYU talabalari o'qituvchilar nazorati ostida fuqarolik, soliq, mehnat, ijtimoiy va boshqa sohalar bo'yicha bepul huquqiy maslahat berishadi. Javoblar ma'lumot xarakteriga ega.
👉Rus tilida:
https://t.me/tsul_yuridicheskaya_klinika

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-09-01 12:53:16
Hurmatli yurtdoshlar!

Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi jamoasi Siz azizlarni xalqimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami – Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz.
Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat va tinchlik-xotirjamlik tilaymiz. Vatan ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lida qilayotgan ishlaringizda omad tilab qolamiz.

Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, goʻzal va betakror Oʻzbekistonimizga ko‘z tegmasin.

Telegram | Instagram | Facebook | You Tube | Tik Tok
315 views09:53
Ochish/sharhlash
2022-08-31 17:20:14
#Bilasizmi

Yosh bolali ayollarga beriladigan qo'shimcha ta'tillar tartibi va muddati

12 yoshga toʻlmagan 2 va undan ortiq bolasi yoki 16 yoshga toʻlmagan nogiron bolasi bor ayollarga:

har yili uch ish kunidan kam boʻlmagan muddat bilan haq toʻlanadigan qoʻshimcha taʼtil beriladi.

ularning xohishiga koʻra, har yili 14 kalendar kundan kam boʻlmagan muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda taʼtil beriladi. Bunday taʼtil yillik taʼtilga qoʻshib berilishi yoki ish beruvchi bilan kelishib belgilanadigan davrda undan alohida (toʻliq yoxud qismlarga boʻlib) foydalanilishi mumkin.

Asos: Mehnat Kodeksi 232-modda

Murojaat uchun:
@Probonouz_bot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
549 views14:20
Ochish/sharhlash
2022-08-30 17:48:02
Орган ходимини калака қилганлик учун жавобгарлик борми?

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
241 views14:48
Ochish/sharhlash
2022-06-29 09:35:02
Tonirovka uchun vaqtli to‘lab qo‘yilgan pullar qaytariladimi?

Murojaat uchun:
@Probonouz_bot

Telegram | Instagram | Facebook | You Tube | Tik Tok
3.4K views06:35
Ochish/sharhlash
2022-06-28 20:15:59
Меҳнат ҳуқуқларингизни топталишига йўл қўйманг!

Murojaat uchun:
@Probonouz_bot
3.1K views17:15
Ochish/sharhlash
2022-06-28 17:34:40
Tonirovka bo`yicha batafsil tushuntirish

Murojaat uchun:
@Probonouz_bot

Telegram | Instagram | Facebook | You Tube | Tik Tok
3.1K views14:34
Ochish/sharhlash
2022-06-26 07:15:14
#Fuqarolik_huquqi

Ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar " Temir daftar"dan hokim qarori asosida chiqariladimi?

Javob:
yoʻq

Ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalarni “Temir daftar”dan chiqarish, unga o‘zgartirishlar kiritish xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarori asosida amalga oshiriladi.

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarori asosida “Temir daftar”dan chiqarilgan oilalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar sektorlar shtablari kotiblari tomonidan 3 kundan oshmagan muddatda “saxovat.argos.uz” axborot tizimiga kiritiladi.

“Temir daftar”dan chiqarilgan oilalar sektorlar shtablari tomonidan 5 kun ichida bu haqda xabardor qilinadi.

Asos: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 250-sonli qarori

Murojaat uchun:
@Probonouz_bot

Telegram | Instagram | Facebook | You Tube | Tik Tok
2.5K views04:15
Ochish/sharhlash
2022-06-25 15:16:10
#Bilasizmi

Xalq ta'limi muassasalarining rahbar xodimlari dars berishi mumkinmi?

Ha, mumkin.
Biroq dars yuklamasi bir haftada 10 soatdan oshmasligi lozim.

Asos: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi xodimlari mehnatiga haq to'lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to'g'risida"gi 275-son Qarori

Murojaat uchun:
@Probonouz_bot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
2.0K views12:16
Ochish/sharhlash
2022-06-25 07:15:12
#Mehnat_huquqi

Mehnat qonunchiligiga koʻra ta'til berish tartibi qanday?

Yillik asosiy ta’til birinchi ish yili uchun 6oy ishlangandan keyin beriladi.

Ta’til quyidagi xodimlarga ularning xohishiga ko'ra 6oy o‘tmasdan beriladi:
ayollarga — homiladorlik va tug‘ish ta’tili oldidan yoki undan keyin;
I va II guruh nogironlariga;
18 yoshga to‘lmagan shaxslarga;
muddatli harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatilgan va ishga joylashgan harbiylarga;
o‘rindoshlik asosida ishlayotganlarga — asosiy ish joyidagi ta’til bilan birga o‘rindoshlik asosida ish vaqtiga mos haq to‘lagan holda;
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta'limni davom ettirayotganlarga imtihonlar topshirish, diplom, kurs, laboratoriya kabi ishlarini bajarish uchun;
ishlar hajmining qisqarganligi yoki korxona tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilganlarga


Ta’til har yili, ta’til berilayotgan ish yili tugagunga qadar berilishi lozim.

Murojaat uchun:
@Probonouz_bot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
1.8K views04:15
Ochish/sharhlash
2022-06-24 15:10:40
#Bilasizmi

Internet tarmog'i orqali xizmatlar ko'rsatuvchi shaxslar (freelancer) qanday huquqlarga ega?

Internet orqali ishlab, o'zini o'zi band qilgan fuqarolar quyidagi huquqlarga ega bo'ladilar:

ko'rsatilgan xizmatlar uchun xorijiy valyutadagi to'lovlarni yagona elektron axborot tizimiga tegishli ma'lumotlarni kiritmagan holda banklardagi hisob raqamlariga qabul qilish;

yozma shartnoma qilmasdan, elekton yozishmalar almashish yoki boshqa elektron usulda chet ellik jismoniy yoki yuridik shaxslarga xizmat ko'rsatish;

Asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi PQ-4742-sonli qarori

Murojaat uchun:
@Probonouz_bot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
1.5K views12:10
Ochish/sharhlash