Get Mystery Box with random crypto!

WAYU.KOREA

Telegram kanalining logotibi wayukorea — WAYU.KOREA W
Telegram kanalining logotibi wayukorea — WAYU.KOREA
Kanal manzili: @wayukorea
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 427
Kanalning ta’rifi

O’zbekiston Yoshlari Umumjahon Assotsiatsiyasining Koreya Respublikasidagi Vakolatxonasi.
Tashkilotga va Koreyadagi O’zbekistonliklarga oid barcha e’lon va xabarlar shu yerdan ma’lum qilib boriladi.

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2021-12-18 02:02:33 Hurmatli vatandoshlar!

2021-yil 18-dekabr kuni O’zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan “O’zbekiston Yoshlari Forumi-2021” tashkil etilayotganidan xabaringiz bor.

Tadbirda Koreya Respublikasida aniq, gumanitar va tibbiyot yo’nalishlarida ta’lim olayotgan yoshlarimizning ilmiy ishlari taqdimotlari bo’lib o’tadi. Shuningdek, tadbir davomida o’zbek milliy madaniy chiqishlari va qiziqarli intellektual o’yinlar bo’lib o’tishi ham rejalashtirilgan.

Ma’lumki, 17-dekabrdan boshlab Koreya Respublikasi hududida karantin choralari kuchaytirildi va ushbu o’zgarishlar sababli yuqoridagi forumda tomoshabin bo’lib qatnashish istagida bo’lgan yoshlarning sonini Seul Hokimiyati tomonidan belgilangan yangi cheklovlar sababli 70 kishidan 50 kishiga tushirilganini bildirib o’tmoqchimiz.

Qabul qilingan yangi choralar Koreya hukumatining qarori hisoblanadi. Shu sababli vatandoshlardan kelib chiqgan holat yuzasidan bizni tog’ri tushunushini so’rab qolamiz.


Forumni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

https://us02web.zoom.us/j/82435628319?pwd=WFM0VnE1OFhxT3JmbmUxM3NzcnNoZz09

Sana: 2021-12-18
Vaqt: 13:00~17:00

Forumda qatnashishi tasdiqlangan hamyurtlarimiz uchun manzilni yana bir bor quyida keltirib o’tamiz:

Manzil: Seul Global Center 9F, Xalqaro majlislar zali (International meeting hall)
서울특별시 종로구 종로 38 (서린동) 9 층 국제회의장
Sana: 2021-12-18
Vaqt: 13:00~17:00
506 views23:02
Ochish/sharhlash
2021-12-16 12:41:29
1.5K views09:41
Ochish/sharhlash
2021-12-12 12:39:08
Hurmatli yosh vatandoshlar!

Sizlarni 2021-yil 18-dekabr kuni O’zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilayotgan “O’zbekiston Yoshlari Forumi-2021”ga taklif etamiz!

Tadbirda Koreya Respublikasida aniq va gumanitar yo’nalishlarida ta’lim olayotgan yoshlarimizning ilmiy ishlari taqdimotlari bo’lib o’tadi. Shuningdek, tadbir davomida o’zbek milliy madaniy chiqishlari va qiziqarli intellektual o’yinlar bo’lib o’tishi rejalashtirilgan.

Manzil: Seul Global Center 9F, Xalqaro majlislar zali (International meeting hall)
서울특별시 종로구 종로 38 (서린동) 9 층 국제회의장
Sana: 2021-12-18
Vaqt: 13:00~17:00

Ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’tish: https://forms.gle/nBdkvdXB1cQisdZJ6

Joylar soni chegaralangan!
312 viewsedited  09:39
Ochish/sharhlash
2021-12-06 13:52:13
Koreya Respublikasida professional ish topish istagida bo'lgan yurtdoshlarimizga ajoyib imkoniyat.

Seul Global Markazi va O'zbekiston Yoshlari Umumjahon Assotsiatsiyasi hamkorlikda Koreya tahsil olayotgan O'zbekistonlik yoshlarga ish topish, viza turlari, pensiya fondi va boshqa mavzular bo'yicha seminar o'tkazish belgilangan.
Seminar: Onlayn tarzda 2021 yil 14 dekabr kuni

Seminarda qatnashishni istaganlargan 2021 yil 13 dekbarga qadar quyidagi ilova orqali ro'hatdan o'tishingizni so'rab qolamiz:

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdWFAVMSnbRNX9NJiQM8SiUhsKXjmE4dK99x9u15FjwPhRaxw/viewform
365 viewsedited  10:52
Ochish/sharhlash
2021-12-03 14:39:41
Yuqoridagi tanlovga ilova
1.1K views11:39
Ochish/sharhlash
2021-12-03 14:39:13 #Diqqat tanlov

Koreya Respublikasida Magistratura hamda Doktorantura bosqichlarida tahsil olayotgan hurmatli o‘zbekistonlik yosh tadqiqotchilar!

Vatandoshlarimiz o‘rtasida ilm-fanni ommalashtirish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarning faolligini oshirish maqsadida O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Koreya Respublikasidagi vakilligi tomonidan 2021 yil 18-Dekabr kuni “O‘zbekiston yoshlari forumi – 2021” tadbiri tashkil etilmoqda.

Forum doirasida Magistratura va Doktorantura bosqichlarida tahsil olayotgan yosh olimlarimizning ilmiy ishlari taqdimotlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Shu munosabat bilan ushbu tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan Magistratura va Doktorantura bosqichlarida ta’lim olayotgan yoshlarimiz quyidagi ariza ilovasini to‘ldirib chiqishingizni so‘raymiz.

https://forms.gle/1YHMtxwMTiT8FaUj9

Eng yaxshi ilmiy ish hamda taqdimotchi pul mukofoti bilan taqdirlanadi va forum ishtirokchilari uchun barcha trasnport chiqimlari qoplab beriladi.

Yo‘nalishlar:
- Aniq fanlar (Axborot texnologiyalari va Muhandislik yo‘nalishlari)
- Gumanitar fanlar (Biznes, Iqtisodiyot va Turizm yo‘nalishlari)
- Ta’lim va Tibbiyot yo‘nalishlari

Ariza to’ldirish muddati: 2021.12.03~ 2021.12.12
1.1K viewsedited  11:39
Ochish/sharhlash
2021-11-09 14:21:46
Xorijdagi yurtdoshim sizni qanday savolingiz bor?

Joriy yilning 13, 20 va 27-noyabr kunlari ZOOM dasturi orqali "Yoshlar bilan ochiq muloqot kunlari" videokonferensiyasi o'tkaziladi.

Onlayn videokonferensiya orqali tashkil etiladigan tadbirda xorijdagi 20 ga yaqin davlatlarda ishlayotgan hamda taʼlim olayotgan oʼzbekistonlik yoshlar ta'lim, diplom nostrifikatsiyasi, migratsiya, konsullik departartamenti masalalari bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oladilar.

Ishtirokchilar to'g'ridan-to'g'ri 10 dan ortiq vazirlik va davlat tashkilotlarining mas'ullariga savol va takliflarini berishi mumkin.

Ushbu havola orqali ro'yxatdan o'ting: link

Telegram | Instagram | Facebook | www.wayu.uz
476 views11:21
Ochish/sharhlash
2021-11-07 13:07:45 Talabalar amaliyot o’tab ishga kirishi uchun imkoniyat!

O'zbekiston Yoshlari Umumjahon Assotsiatsiyasining Koreyadagi vakolatxonasi hamda Hanpass kompaniyasi hozirda bakalavr va magistr darajasida ta'lim olayotgan yurtdoshlarimizga amaliyot o'tash imkoniyatini taklif etadi. Amaliyotni muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlarga ishga kirish imkoniyati taqdim etiladi.

Ushbu loyihaga qiziqishi bo'lgan yoshlarimizni quyidagi ilova orqali ro'yxatdan o'tishlarini so'rab qolamiz.

Ro'yxatdan o'tish muddati: 13-noyabr

Ilova: https://forms.gle/iajddT1kQjmPZsCr5
474 viewsedited  10:07
Ochish/sharhlash
2021-10-23 12:57:13
Hurmatli yurtdoshlar!

Xabaringiz bor 21-Oktabr vatanimizda o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Ushbu munosabat bilan O’zbekiston Yoshlari Umumjahon Assotsiatsiyasi Dejon shahri jamoasi tomonidan tayyorlangan qisqa video lavhadan bahramand bo’ling.
541 viewsedited  09:57
Ochish/sharhlash
2021-10-21 16:54:05
O'zimiz yiroq bo'lsakda qalban yaqinmiz. Biz sizga ishonamiz!

Xorijiy mamlakatlardagi oʻzbekistonlik yoshlar #saylov2021'da faollik koʻrsatishmoqda.

Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Janubiy Koreyadagi vakolatxonasi tomonidan ajoyib rolik!
497 views13:54
Ochish/sharhlash