Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

Telegram kanalining logotibi wayuuz — O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi O
Telegram kanalining logotibi wayuuz — O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi
Kanal manzili: @wayuuz
Toifalar: Siyosat , Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 20.58K
Kanalning ta’rifi

🌆 Migratsiya muammolarida yuridik yordam
💸Ogʻir vaziyatda yordam olish
📚 Xorijda oʻqish | Bepul konsultatsiya
🌍 Chet el universitetlariga grant yutish
🔗 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://taplink.cc/wayu.uz

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-09-01 06:00:52
Xorijdagi vatandoshlarimiz barchangizni Mustaqilligimizning 31 yilligi bilan chin dildan tabriklaydi!

Telegram sahifamizga obuna bo’ling @wayuuz

LinkedIn | Instagram | Facebook

www.wayu.uz
3.8K views03:00
Ochish/sharhlash
2022-08-31 22:06:13
Aziz vatandoshlar

O'YUA jamoasi sizni va oila a'zolaringizni O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bilan chin dildan muborakbod etadi.
Yurtimizdan tinchlik va osoyishtalik arimasin.

Yana bir bor mustaqillik bayrami barchamizga muborak bo’lsin!

Telegram sahifamizga obuna bo’ling @wayuuz

LinkedIn | Instagram | Facebook

www.wayu.uz
2.4K views19:06
Ochish/sharhlash
2022-08-31 16:15:01
30-avgust kuni “Воинам-Узбекистанцам» yodgorlik majmuasi kompleksini tashkil etish bo’yicha o’tkazilgan muzokarada WAYU va Yoshlar ishlari agentligi jamoasi ishtirok etdi.

Leningrad viloyatidagi o‘zbek diasporasi vakillaridan iborat “Jamoat maslahat” tomonidan Ikkinchi jahon urushi yillarida fashizmga qarshi kurashgan o‘zbek askarlari xotirasiga me’moriy yodgorlik o‘rnatilgan. Ushbu tadbirni tashkil etishda bevosita ishtirok etgan Leningrad viloyatidagi o‘zbek diasporasi rahbari R.Qurbonov “Лемболовская твердыня” yodgorlik majmuasi hududida “Воинам-Узбекистанцам” yodgorlik majmuasini barpo etish masalasini muhokama qilish uchun O'YUA va Yoshlar ishlari agentligi jamoasi bilan muzokara bo'lib o'tdi.

Suhbatda O’YUA raisi v.v.b I.Hamroyev hamda A.Komilov ishtirok etdi. Ushbu muzokara davomida mazkur yodgorlik majmuasini barpo etish jaroyonini amalga oshirish uchun O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiya va Yoshlar ishlar agentligi tomonidan amaliy ko'mak berilishiga kelishib olindi.

Telegram sahifamizga obuna bo’ling @wayuuz

LinkedIn | Instagram | Facebook

www.wayu.uz
1.2K views13:15
Ochish/sharhlash
2022-08-31 12:26:03
Mustaqilligimizning 31 yilligini qayerda nishonlaysiz?

Javoblaringizni izohlar bo'limiga yozing!
Anonymous Poll
91%
O'zbekistonda
9%
Xorijda
1.9K voters4.1K views09:26
Ochish/sharhlash
2022-08-30 15:53:34
WAYUning Belarusdagi vakili va koordinatorlari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Suhbatda Belarus Respublikasidagi vakil Abrorjon Rahmonov bilan joriy yil davomida o’tkazilgan va o’tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlar, kelejakda amalga oshiriladigan forumlar va kelgusi ish rejalar haqida muhokamalar olib borildi.

O’zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Belarusda tayinlangan koordinatorlari Tolstosheeva Ruslana, Akramov Muhammadjon va Goibnazarova Sohiba Markaziy apparat jamoasiga tanishtirildi. Koordinatorlarga barcha vazifalari yuklatildi va ularga kelajakda yoshlar bilan qanday ishlash kerakligi haqida ma’lumotlar berildi.

Telegram sahifamizga obuna bo’ling
@wayuuz

LinkedIn | Instagram | Facebook

www.wayu.uz
3.4K views12:53
Ochish/sharhlash
2022-08-30 14:21:58 "Muvaffaqiyatli vatandoshlar" loyihasining mehmoni - Iroda Karimova bilan bo‘lib o‘tgan jonli suhbatdan yozib olingan videoni assotsiatsiyas rasmiy youtube sahifasiga joyladik.

Bo'lib o'tgan suhbat davomida Puma kompaniyasining HR mutaxassisi xorijiy top kompaniyalarga ishga qabul qilinish va ma’lumotnomani to'g'ri tayyorlash bilan bo'lgan masalalarga oydinlik kiritdi.

Telegram sahifamizga obuna bo’ling @wayuuz

LinkedIn | Instagram | Facebook

www.wayu.uz
3.3K viewsedited  11:21
Ochish/sharhlash
2022-08-29 16:58:09
25-26-avgust kunlari Qirg‘z Respublikasining Issiq-Ko‘l viloyatida oʻtkazilgan “Kelechek” MDH va YOII yoshlar forumi bo'lib o'tdi.

Ushbu forumda O‘zbekiston Respublikasining rasmiy delegatsiyasi tarkibida O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining xodimi ham ishtirok etdi. Forum maqsadi – MDH va YOII mamlakatlarining yoshlari o‘rtasida o‘zaro do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, shuningdek yoshlar tashkilotlari bilan professional aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan iborat bo'lgan tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi mamlakatlarining yoshlari o‘rtasidagi hamkorlikning joriy holati, kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida, shu bilan birga, barcha sohalardagi innovatsiya va tendensiyalar bo‘yicha muhokamalar olib borildi.

Kelajakda MDH davlatlari bo’yicha O’zbekistondagi shaharlaridan birini “Birinchi MDH davlatlari yoshlari poytaxti” qilish taklifi berildi.

Telegram sahifamizga obuna bo’ling @wayuuz

LinkedIn | Instagram | Facebook

www.wayu.uz
4.9K views13:58
Ochish/sharhlash
2022-08-29 11:20:01 #upd #krasnodar

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti vakillari ma'lum qilishicha, institut rahbariyati tomonidan Krasnodarning Kuban davlat institutida qabul jarayonida qiyin ahvolga tushib qolgan vatandoshlarimiz masalasini hal etish uchun ichki ishchi guruh tashkil qilingan.

Shuningdek, FJSTI ma'sullari assotsiatsiyaga bergan ma'lumotiga ko'ra, masalani ijobiy hal etish va mazkur holat bo‘yicha yuzaga keladigan xarajatlarni o'z zimmasiga olishini ta'kidladi.

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi mazkur holat yuzasidan Krasnodardagi yoshlar bilan doimiy aloqada bo'lib turibdi.

Telegram sahifamizga obuna bo’ling @wayuuz

Telegram | Instagram | Facebook

www.wayu.uz
1.3K views08:20
Ochish/sharhlash
2022-08-28 12:05:09
#rasmiymunosabat #krasnodar

Ijtimoiy tarmoqlarda Krasnodarda bo‘lib turgan bir necha oʻzbekistonlik yoshlarning Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti vakillari tomonidan aldanib, hozir ko‘chada qolib ketganligi haqidagi videomurojaati tarqaldi.

Videomurojaatda ma'lum qilinishicha, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 3 yil davomida 3+2 qo‘shma dasturi bo‘yicha ta’lim olib kelgan vatandoshlarimiz o‘qishni davom ettirish uchun Krasnodarning Kuban davlat institutiga borgan, ammo ikki oliy ta'lim muassasalari o'rtasida imzolangan shartnomalar bekor qilinganligi sababli o'qishga qabul qilinmagan.

Hozirda O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi ishchi guruhi vatandoshlarimizning oila a'zolari bilan aloqaga chiqdi. Ayni damda ushbu masala assotsiatsiya ishchi guruhi tomonidan o‘rganilmoqda.

Telegram sahifamizga obuna bo’ling @wayuuz

Telegram | Instagram | Facebook

www.wayu.uz
3.4K views09:05
Ochish/sharhlash
2022-08-28 09:56:38 #qabul2022 #apellyatsiya

27 avgust kuni DTM 2022/2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari natijalarini e’lon qildi.

Natijalardan qoniqmagan fuqarolar yakuniy tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun ichida apellyatsiya berishlari mumkin.

Murojaat my.dtm.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali beriladi. Apellyatsiya berish uchun siz test ishtirokchisi bo'lishingiz va testdan chetlashtirilmagan bo'lishingiz kerak.

Murojaat etuvchilarga apellyatsiya sanasi va vaqti ko'rsatilgan bildirishnoma beriladi.

Ariza beruvchi DTMga bildirishnomada ko'rsatilgan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan, to'g'ridan-to'g'ri xabarnomaning o'zi va arizachining ruxsatnomasi bilan kelishi kerak.

Telegram sahifamizga obuna bo’ling @wayuuz

Telegram | Instagram | Facebook

www.wayu.uz
3.3K viewsedited  06:56
Ochish/sharhlash