Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek.uz

Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz X
Kanaldagi mavzular:
Kechki
Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz
Kanaldagi mavzular:
Kechki
Kanal manzili: @xushnudbek
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 514.68K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•fb.com/xushnudjohn
•twitter.com/xushnudbeck
•instagram.com/xushnudbek
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-04-26 19:40:20 Futzalchilarimiz Erondek qudratli jamoani titratdi, qo’rquvga soldi. Asosiy taymlarda 3:3 bo’lgach, penaltilar seriyasida biroz omadimiz kelmadi xolos.

Yigitlar, katta rahmat sizlarga! Boshingizni baland ko’taring, bugun biz uchun g’olibsiz.

Xudo xohlasa, yurtimizda o’tadigan Jahon chempionatida Eron tushib qolsa, albatta, yutamiz!


@xushnudbek
57.8K views16:40
Ochish/sharhlash
2024-04-26 19:15:34
Uraaaa! Yarim finaldamiz!

G’alaba muborak barchaga!!

Yarim finaldagi raqibimiz Indoneziya! Xudo xohlasa, finalga chiqamiz va tarixda ilk bor Olimpiada yo’llanmasini qo’lga kiritamiz.


@xushnudbek
86.2K views16:15
Ochish/sharhlash
2024-04-26 16:03:26
Bugun ikkala terma jamoamiz ham bir paytda o’ynaydi

U23 Osiyo kubogi chorak finalida O’zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan kuch sinashadi. G’olib jamoa kamida Parij-2024 Olimpiadasi uchun o’tish o’yinida qatnashish huquqini qo’lga kiritadi.

Futzal terma jamoamiz esa Osiyo kubogi yarim finalida Eronga qarshi maydonga tushadi.

Ikkala o’yin ham soat 19:00 da boshlanadi. Yigitlarimizga omad tilaymiz!


@xushnudbek
105.0K views13:03
Ochish/sharhlash
2024-04-26 15:27:32
Qaynoq taklif!

Xon Saroy’ning zamonaviy koʻrinishga ega “Zoʻrsan” loyihasidan 3 xonali xonadon xarid qilishga ulgurib qoling

Boshlangʻich toʻlovni amalga oshiring va qolgan qismini 48 oy davomida toʻlab boring!

Loyiha hududida

Bog‘cha va maktab
Xavfsiz bolalar maydonchasi
Avtoturargohlar
24/7 kuzatuv kameralari mavjud.

Bot orqali bogʻlanish

712007400
555017400

xonsaroy.uz

Reklama
100.5K views12:27
Ochish/sharhlash
2024-04-26 13:04:07
Bugun, 26-aprel kuni, Toshkent shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari Kengashining 78-majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ko‘plab masalalar qatorida bojxona tizimlarida qog‘oz hujjatlar almashinuvidan voz kechib, jarayonni elektronlashtirish va mavjud to‘siqlarni zudlik bilan bartaraf etish masalasi ham muhokama qilindi.

Masalan, tomonlar bir-biriga bojxona imtiyozlarini taqdim qilishga asos bo‘luvchi tovar kelib chiqishiga doir sertifikatlarning hamon qog‘oz shaklida taqdim qilinayotgani, MDHga a’zo davlatlar o‘rtasida ushbu hujjatni raqamli shaklda almashishni yo‘lga qo‘yish lozimligi ta’kidlandi.


@xushnudbek
108.6K views10:04
Ochish/sharhlash
2024-04-26 12:03:03
Inklyuziv jamiyatni qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘rgazma tashkil etilyapti

Toshkent shahrida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan 1-2-mayda “Inson uchun” savdo ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Unda 200 ga yaqin tadbirkorlar ishtirok etadi. Xususan:

• nogironligi bo‘lgan shaxslarni band qilgan;
• nogironligi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va hunarmandlar o‘z mahsulotlari bilan qatnashadi.

Shuningdek, 300 ga yaqin tadbirkorlar bulan hududlarda masofadan turib savdolar tashkil etiladi.


@xushnudbek
104.0K views09:03
Ochish/sharhlash
2024-04-26 09:09:37
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP-10 davlatlar

2024-yilning birinchi choragida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar (AQSH dollarida) ma’lum qilindi. Bular:

Xitoy – 3 mlrd;
Rossiya – 2,8 mlrd;
Qozog‘iston – 937,7 mln;
Turkiya – 656,3 mln;
Janubiy Koreya – 544,1 mln;
Fransiya – 337,1 mln;
Germaniya – 268,1 mln;
Turkmaniston – 235,2 mln;
Afg‘oniston – 224,8 mln;
Hindiston – 213 mln.


@xushnudbek
113.5K views06:09
Ochish/sharhlash
2024-04-26 08:35:57
Profi”da hayot!

“Profi University” oʻz faoliyatini boshlaganda uning jamoasi u qadar katta emasdi, lekin universitetni qoʻllaganlar va unga ishonganlar koʻp boʻldi. Bugun Sizning qoʻllab-quvvatlashingiz orqali shu kunga ham yetib keldik.

Hozir Sizga ta'lim sifati, universitetdagi aktual yoʻnalishlar, “Profi” taqdim etadigan imkoniyatlarni emas, barchamizni birlashtirgan samimiyat va “Profi”dagi hayotni koʻrsatmoqchimiz.

Bugun “Profi”ning katta oilasi bor. Sizda ham shu oilaning bir a'zosi boʻlish imkoniyati mavjud.

2024-2025 o'quv yili uchun "Profi University"ga qabul davom etmoqda!

Roʻyxatdan oʻtish uchun: profiuniversity.uz

Batafsil ma'lumot uchun:
78-777-11-11 yoki @profiqabul

Litsenziya (№ 189078, 10.11.22-y.)

Profi University- Think out of the box

Reklama
109.0K views05:35
Ochish/sharhlash
2024-04-25 21:09:49 Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 10 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Ivan Bunin. Yoshlik va keksalik (hikoya)

Izoh: Ushbu hikoya inson umrining qanchalik tez o‘tishi, uni qanday o‘tkazish esa o‘ziga havola ekanligi ta’kidlangan. Hikoyadagi keksa kurd inson hayoti turli davrlarga bo‘linishini, o‘sha davrlarda ham inson inson bo‘lib qolishi kerakligini ta’riflab bergan.

Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/ivan-bunin-yoshlik-va-keksalik

Audio hikoyani eshitish uchun:




Muhokama bu yerda.

Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

“Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


@xushnudbek
123.3K viewsedited  18:09
Ochish/sharhlash
2024-04-25 18:22:22
Uzbekistan’s club jurnalining AQSh mavsumiga bag‘ishlangan ikkinchi soni taqdim qilinadi

Jurnalning bu galgi sonida siyosat arboblari, jamoatchilik faollari bilan ham intervyular berilgan. O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev, AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik, O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Sidiqov, Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja, o‘zbek sportining afsonasi Oksana Chusovitina, jamoatchilik faollari media rezidentlar Hikmat Abdurahmonov, Otabek Bakirov, Shahnoza Soatova va AQShda muvaffaqiyatga erishgan o‘zbekistonlik vatandoshlarimizdan iborat jamoa ushbu jurnalning asosiy qiyofalari sifatida gavdalanishgan.


@xushnudbek
121.9K views15:22
Ochish/sharhlash