Get Mystery Box with random crypto!

Yangihayot tumani hokimligi Matbuot xizmati/Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Telegram kanalining logotibi yangihayot_hokimligi — Yangihayot tumani hokimligi Matbuot xizmati/Пресс-служба хокимията Янгихаётского района Y
Telegram kanalining logotibi yangihayot_hokimligi — Yangihayot tumani hokimligi Matbuot xizmati/Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
Kanal manzili: @yangihayot_hokimligi
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.17K
Kanalning ta’rifi

Yangihayot tuman hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali
Murojaatlar uchun: https://www.facebook.com/groups/913490212564477/

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar

2023-06-14 12:04:37
Oliy ta'lim muassasalariga qo'shimcha davlat granti asosidagi qabul ko'rsatkichlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma berish uchun talabgorlarning hujjatlari o'rganilmoqda.

Hujjatlarni tasdiqlash yoki rad etish bo'yicha 6 nafardan iborat ishchi guruh tuzilgan. Ishchi guruh a'zolari talabgorlarning murojaatlarini belgilangan mezonlarga muvofiq ko'rib chiqmoqda va tavsiyanoma olishga tavsiya etilgan xotin-qizlarning ro'yxatini shakllantirmoqda.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
1.0K views09:04
Ochish/sharhlash
2023-06-14 08:12:27
Kuni kecha "Tashabbus" MFYda tuman hokimining mahalla yoshlari bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Unda 11 nafar yoshlar kontrakt to'lovini qoplash, ishga joylashish va o'quv markazlarida o'qish kabi masalalar bilan ishtirok etdi. Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi. Yoshlarni o'quv markaziga yo'naltirish masalasi bo'yicha yoshlar yetakchisiga vazifalar belgilab berildi.

Yoshlarning murojaatlarini o'rganish va hal etish bo'yicha boshqa mahallalarda ham qabullar o'tkazilishi reja qilingan.

***

На днях в махалле «Ташаббус» была организована встреча хокима района с молодежью.

В нем приняли участие 11 молодых людей с такими вопросами, как оплата контракта, трудоустройство и обучение в образовательных центрах. Большинство обращений было решено на месте. Перед молодежным лидером были поставлены задачи по вопросу направления молодежи в учебный центр.

Планируется проведение приемов в других махаллях для изучения и решения обращений молодежи.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
1.5K views05:12
Ochish/sharhlash
2023-06-14 07:02:43
#Mobilography_time
#Yangihayot_creative

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
1.6K views04:02
Ochish/sharhlash
2023-06-14 06:10:04
#ob_havo

Bugun 14-iyun, chorshanba.

Xayrli tong, yangihayotliklar! Kuningiz yaxshi insonlar va yaxshiliklar hamrohligida o'tsin.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
1.7K views03:10
Ochish/sharhlash
2023-06-13 17:42:50
Bizda navbatdagi brifing bo'lib o'tdi.

Brifing mavzusi – Qrim-Kongo gemorratik isitma kasalligining yuzaga kelish sabablari, tashxisi va kasallikni davolash.

Ma'lumotlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Yangihayot tuman bo'limi mudiri Rabbimqul Hakimov tomonidan berildi.

Batafsil roligimizda.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
2.1K viewsedited  14:42
Ochish/sharhlash
2023-06-13 13:36:50
Videomurojaat

Shavkat Umarov, Yangihayot elekt tarmoqlari korxonasi rahbari

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
8.0K viewsedited  10:36
Ochish/sharhlash
2023-06-13 12:51:02
Hurmatli yangihayotliklar!

"Yangihayot" mahallasida joylashgan Istiqbol nimstansiyasida yangi transformatorni o’rnatish ishlari olib borilmoqda. Shu sababli texnik xavfsizlikni inobatga olib tumanimizning ayrim mahallalari 2 soatga elektr energiya ta'minotidan uzildi. Uzilish kuzatilgan mahallalar aholisi qisqa muddatda elektr bilan ta'minlanadi.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so'raymiz!

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
4.8K viewsedited  09:51
Ochish/sharhlash
2023-06-13 12:09:04
Tumanimiz yo'llarini asfaltlash ishlari davom etmoqda.

Bu gal yo'l quruvchilarni "Tashabbus" mahallasidan topishingiz mumkin. Ular mahalladagi jami 27 000 kv.m. bo'lgan ichki ko'chalarni asfalt qilishni rejalashtirgan va hozirgi kunda asfaltlash ishlari davom etmoqda.

Ish jarayonlari bilan batafsil roligimizda tanishishingiz mumkin.

***

Асфальтирование дорог нашего района продолжается.

Очередной локацией работы дорожников стала махалля «Ташаббус». Планируется ремонт внутренних дорог общей площадью 27 000 квадратных метров, и в настоящее время работы по асфальтированию в самом разгаре.

Вы можете ознакомиться с рабочими процессами в нашем ролике.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
2.4K viewsedited  09:09
Ochish/sharhlash
2023-06-13 09:27:14 ОФИЦИАЛЬНАЯ ИНФОРМАЦИЯ

Сегодня в Telegram-канале Eltuz опубликовано сообщение на тему "В летний зной Янгихаётцы переживают о зиме".

По данному материалу сообщаем, что на сегодняшний день электроэнергия подстанции «Истикбол», расположенной в районе Янгихайот, поставляется по сетям LKD-110 (Дунгкурган) и LDY-110 (Дунгкурган-Юксак). На днях в 23:53 часов в связи с увеличением нагрузки на сеть ЛLKD-110 (Дунгкурган) подстанция Истикбол была переведена на сеть LDY-110 (Дунгкурган-Юксак) до 23:58 часов.

Поэтому жители были отключены от электроснабжения на 5 минут.
При этом подключения потребителей других районов к подстанции «Истикбол», расположенной в нашем районе, нет, и на сегодняшний день подстанция обслуживает только потребителей Янгихаетского района.


В настоящее время работы по текущему ремонту трансформатора 40 000 кВ на подстанции «Истикбол» завершены, ведется переподключение к сети. Это, в свою очередь, послужит для обеспечения жителей нашего района бесперебойной и качественной электроэнергией.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
2.4K views06:27
Ochish/sharhlash
2023-06-13 08:57:52
RASMIY MUNOSABAT

Bugun telegram kanallaridan birida “Yangihayotliklar yoz chillasida qishdan xavotirda” nomli material e’lon qilindi.

Ushbu material yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamizki, bugungi kunda Yangihayot tumani hududida joylashgan Istiqbol nimstansiyasining elektr energiyasi LKD-110 (Donqo’rg’on) va LDY-110 (Donqo’rg’on-Yuksak) tarmog’i orqali ta’minlanmoqda. Kuni kecha tungi soat 23:53da LKD-110 (Donqo’rg’on) tarmog’ida yuklamalar ortganligi sababli Istiqbol nimstansiyasi soat 23:58gacha LDY-110 (Donqo’rg’on-Yuksak) tarmog’iga o’tkazilgan. Shu bois, aholi 5 daqiqaga elektr ta’minotidan uzilgan.

Shu bilan birga, tumanimizda joylashgan Istiqbol nimstansiyasiga boshqa tuman iste’molchilarining ulanish holati mavjud bo’lmay, nimstansiya bugungi kunda faqat Yangihayot tumani iste’molchilariga xizmat qilib kelmoqda.

Hozirda Istiqbol nimstansiyasidagi 40 ming kVt.lik transformatordagi joriy ta’mirlash ishlari yakunlanib, tarmoqqa qayta ulash ishlari olib borilmoqda. Bu esa o’z navbatida tumanimiz aholisini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
2.5K viewsedited  05:57
Ochish/sharhlash