Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar ishlari agentligi

Telegram kanalining logotibi yoshlaragentligi — Yoshlar ishlari agentligi Y
Kanaldagi mavzular:
Биласизми
Yoshlardaftari
Telegram kanalining logotibi yoshlaragentligi — Yoshlar ishlari agentligi
Kanaldagi mavzular:
Биласизми
Yoshlardaftari
Kanal manzili: @yoshlaragentligi
Toifalar: Siyosat , Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 70.31K
Kanalning ta’rifi

Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi
• 📥 @yoshlarmurojaati_bot
• info@yoshlar.gov.uz
• ☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
• gov.uz/yoshlar/
Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar

2024-04-23 07:25:19
“Yosh kitobxon oila” tanlovi haqida eshitganmisiz?

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan tanlov, minglab yosh oilalarni kitobxonlikka jalb qildi. Ushbu tanlovning yangi mavsumiga start berilmoqda

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yosh oilalar @kitobxonoila_bot orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Arizalar joriy yilning 30-may kuniga qadar qabul qilinadi.

Tanlovda tushadigan kitoblar ro‘yxati ushbu havolada. Mazkur kitoblarni “Mutolaa” mobil ilovasi orqali o’qishingiz mumkin.

Apple - Android

Turmush o‘rtog‘ingiz bilan kitob o‘qishni boshlang va 100 million so‘mni birga yuting!

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
214.4K views04:25
Ochish/sharhlash
2024-04-22 14:07:12
Asalari – yetti xazinaning biri

#Bilasizmi? Asal hech qachon aynimaydi. U tabiiy antibakteriya, antimikrob bo‘lib, har qanday buzuvchi, aynituvchi mikroblarga qarshi kurasha oladigan mahsulotdir.

Bu gal xorazmlik asalarichi Og‘abek Rajabov haqida gaplashamiz. Qahramonimiz o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish uchun “Yoshlar daftari” tizimi orqali imtiyozli kredit asosida asalarichilik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.

Dastlabki bosqichda 30 ta asalari oilasidan boshlagan yosh tadbirkorimiz bugungi kunda 300 ta asalari oilasidan yiliga 4-5 tonna tabiiy asal mahsulotini yig‘ib olmoqda.

Batafsil videoda tomosha qiling!

#yoshlardaftari

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
29.1K views11:07
Ochish/sharhlash
2024-04-22 12:06:12
Oramizda nonvoylar bormi?

Bizda nafaqat sport, ta’lim, intellektual o‘yinlar balki kasblar bo‘yicha ham iste’dod egalariga imkoniyatlar bor. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida kasblar tanlovining nonvoychilik yo‘nalishida bo‘lib o‘tadigan musobaqalarda ishtirok etishni xohlaysizmi?

Unda hoziroq 5tashabbus.uz orqali ro‘yxatdan o‘ting va musobaqalarga tayyorgarlikni boshlang!

#Beshtashabbusolimpiadasi #nonvoychilik

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
69.1K views09:06
Ochish/sharhlash
2024-04-17 16:04:14
“Tadbirkor qizlar” loyihasi

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tadbirkorlikka qiziquvchi xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida “Tadbirkor qizlar” loyihasi yo’lga qo’yilgan. Unda xotin-qizlar biznesning eng dolzarb jihatlarini 10 nafar tajribali ekspertlardan o’rganishadi.

Ushbu loyihani “Mening yurtim” telekanalining YouTube ijtimoiy sahifasida tomosha qilishingiz mumkin

1-soni; Biznes boshlash arafasidagi qo’rquvlarni qanday yengish kerak?
2-soni; Qanday qilib muvaffaqiyatli biznes strategiyasi tuzish mumkin?
3-soni; Franchayzing biznes turi
4-soni; Biznesingiz yurib ketishi uchun marketing yoqilg’iday gap…

#tadbirkorqizlar

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
114.9K views13:04
Ochish/sharhlash
2024-04-17 07:00:08
Uzoqni yaqin, og‘irni yengil qiladi

Chindan ham, xalqimiz ta’biri bilan aytganda transport vositalariga shunday e’tirof munosibdir. Azaldan inson uchun qulay vosita transport sanalgan.

Toshkent metropolitenda uzoq muddatdan beri faoliyat yuritib kelayotgan, yo‘lovchilar uzog‘ini yaqin qilishga o‘z hissasini qo‘shayotgan, Shuxratjon Abdurahmonov 6 yildan buyon xalqimizga xizmat qilib keladi.

Qahramonimiz o‘z ish faoliyatini dastlab chilangarlik lavozimida boshlab, samarali mehnatlari sabab bugun mashinist lavozimiga koʻtarilgan.

Batafsil videoda

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
135.5K views04:00
Ochish/sharhlash
2024-04-10 04:02:11
Aziz yurtdoshlar, qadrli yoshlar!

Ulug‘ va muborak ayyom – Iyd Ramazon Hayiti bilan Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz.

Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilangizga tinchlik-xotirjamlik va qut-baraka tilaymiz. Niyati pok, maqsadlari ulug‘ xalqimizning ezgu orzu-intilishlari ro‘yobga chiqsin!

Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
14.8K views01:02
Ochish/sharhlash
2024-04-09 09:01:04
Futbol – millionlar o’yini

Futbol – birgina bu so’zda erkak kishi uchun qanchalar ma’no mujassam. Biroq ba’zi xotin-qizlar ham futbolga befarq emaslar. Shuning uchun DXX kubogida qiz bolalar o’rtasida ham futbol musobaqalari tashkil etilgan.

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi futbol va mini-futbol bo’yicha DXX kubogi musobaqasining mahalla bosqichi qizg’in davom etmoqda. Jarayonlar Xorazm viloyatidan.

#Beshtashabbusolimpiadasi #dxxkubogi

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
32.2K views06:01
Ochish/sharhlash
2024-04-09 07:01:15
Amir Temur – ilm-fan va bunyodkorlik homiysi!

9-aprel - Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun. Sana munosabati bilan buyuk zot va temuriylarning jahon tamadduniga qo‘shgan ulkan hissasini yodga olamiz. Bu yil, buyuk davlat arbobi o‘rta asrlar islohotchisi, sarkarda, adolat uchun tolmas kurashchi, sohibqiron Amir Temur tavalludiga 688 yil to‘ldi.

Mamlakatimizda harbiy vatanparlik yo’nalishidagi tanlov va musobaqalar Temur bobomizning nomi ila atalishi ham biz yoshlar uchun faxr tuyg’usini beradi. Amir Temur nomi, uning siymosi xalqimizni birlashtirish, jipslashtirish, iymon-oqibatli bo‘lish, qudratli kelajagimizni qurishda bizga kuch-quvvat va shijoat bag‘ishlab turadi.

#AmirTemur688

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
96.8K viewsedited  04:01
Ochish/sharhlash
2024-04-08 10:00:01
IT sohasida bepul o‘qish mumkinmi? Ha, mumkin, sizda faqat xohish bo‘lsa bas

Prezident qaroriga asosan, 1-martdan boshlab bitiruvchilarini aynan IT xizmatlari eksporteriga ishga joylanishiga erishgan o‘quv markazlari uchun 25 million so‘mgacha, agar bitiruvchining nogironligi bo‘lsa 35 million so‘mgacha subsidiya ajratilishi belgilangan. Ya’ni o‘quv markazlari shunchaki yoshlarni yaxshilab o‘qitib, keyin ularni ishga joylashtirib, daromad qilishi mumkin.

Masalan, Samarqanddagi School21 markazi bepul o‘qish hamda yotoqxona bilan ham ta’minlaydi

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
13.1K views07:00
Ochish/sharhlash
2024-04-02 13:30:02
Shashka va shaxmat musobaqalariga start berildi

Mamlakatimiz bo’ylab “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida shashka va shaxmat musobaqasining mahalla bosqichi davom etmoqda. Birgina shashka musobaqasida qatnashish istagini bildirib onlayn ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar 32 ming nafarni tashkil etmoqda

Eslatib o’tamiz, “Besh tashabbus olimpiadasi”da ishtirok etish uchun, loyihalar o‘tkaziladigan kunning o’zida ham 5tashabbus.uz sayti orqali elektron ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

#beshtashabbusolimpiadasi #shashka #shaxmat

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
12.9K views10:30
Ochish/sharhlash